Abramov ​Vadim Karlenovich


877

Tug‘ilgan sana: 1962 Avgust 5
Tug‘ilgan joyi: Boku
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Vadim Karlenovich Abramov (1962 yil 5 avgustda Ozarbayjonning Boku shahrida tug‘ilgan) — O‘zbekistonning sobiq futbolchisi va murabbiyi.

Tarjimai hol

Vadim Abramov 1962 yil 5 avgustda Boku shahrida tug‘ilgan. Uning futbol olamiga kirib kelishi 1970 yilga to‘g‘ri kelib, u Boku klubi “Neftchi-2” jamoasida Eduard Grigoryevich Oganesov qo‘l ostida futbol sirlarini o‘rgandi. U o‘smirlik chog‘ida Ozarbayjon o‘smirlar terma jamoasida o‘ynadi. U futboldagi faoliyatini 1979 yil Ukraina klubining “Tavriya” jamoasidan boshlagan bo‘lsa ham lekin u “asosiy” jamoada o‘ynamagan.

Vadim 1980 yil Ukrainaning Sevastopoldagi boshqa klubi “Atlantika” jamoasiga o‘tdi. U 1981-1983 yillarda Abramov armiyaga qabul qilinib, Afg‘oniston urush harakatlarida qatnashdi. Armiyadan qaytgach, O‘zbekistonga ketdi. 1984-1985 yillarda Yevgeniy Valitskiy qo‘l ostida Xorazm viloyatining Bog‘ot tumani “Narimonchi” jamoasida o‘ynadi. 1986 yil Abramov Jizzax klubining “Yoshlik” jamoasida, 1987 yil Halqaobod klubining «Sohibkor» jamoasida o‘ynadi.

1988 yil “Kosonsoy” jamoasida o‘ynab futbol bo‘yicha 2-o‘rinni egallashga yordam berdi.

Murabbiylikka ilk qadamlar

1988 yil Vadim Abramov murabbiylik faoliyatini boshladi. 1988-1991 yillarda Toshkent “Paxtakor”da administrator bo‘lib ishladi. 1990 yil «Paxtakor» ilk bor mamalakatlar o‘rtasida o‘tkazilgan birinchi jamoa ligasida ikkinchi o‘rinni oldi va Chempionat oliy ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Sovet Ittifoqi parchalanib ketgach, Vadim Abramov O‘zbekistonda qolib, Farg‘onaga qaytib 5 yil mobaynida Farg‘ona “Neftchi” jamoasida bosh murabbiy Yuriy Vazgenovich yordamchisi bo‘lib ishladi. Ana shu yillarda “Neftchi” 4 marta O‘zbekiston chempionatida va mamlakat Kubogida bir marta g‘olib bo‘ldi. 1994 yil «Neftchi» jamoasi MDH hamdo‘stligi Kubogi finaligacha borgan, 1995 yil esa Osiyo chempionlar Kubogi yarimfinaligacha chiqdi.

Shu bilan birga Vadim 1993 yil yarim yil Malayziyada, ikkinchi yarim yilida O‘zbekistonga qaytdi, MXSK klubida 9 ta o‘yinni o‘tkazdi.

Birinchi muvaffaqiyat

2000 yil Vadim Abramov o‘z mustaqil murabbiylik faoliyatini Toshkent “MBB-Osiyo” klubida O‘zbekiston chempionatining ikkinchi ligasida o‘ynagan. Abramov ish faoliyatining birinchi yillari klubni birinchi ligaga chiqargan. 2003 yil Toshkent “Traktor” jamoasini boshqarib, O‘zbekiston oliy liga chempionatiga chiqargan. Qisqa muddat ichida u yaxshi jamoani to‘plash va tarbiyalashni uddasidan chiqdi.

O‘zbekiston terma jamoasi

2010 yil aprelda O‘zbekiston terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu hamma uchun kutilmagan voqyea bo‘ldi: murabbiy, bu davrga kelib o‘ziga yarasha futbol sohasida ahamiyatli darajada muvaffaqiyat qozonmagan bo‘lsa-da, mamlakatning asosiy futbol jamoasini boshqara olgan. Terma jamoaga barcha e'tiborini qaratish uchun Abramov Toshkent “Lokomotiv” ni tark etdi.

Jahon chempionatiga saralash o‘yinlari

2011 yil yoz oyida O‘zbekiston terma jamoasida Jahon chempionati saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. O‘zbekiston futbol federatsiyasi, terma jamoaning so‘nggi ruhlantirgan muvaffaqiyati, Abramovning oldiga qo‘ygan maqsadi — JCH-2014 final qismiga chiqish edi.

Sariq kartochka ishi

2011 yil 15 noyabrda JCH-2014 saralash o‘yini beshinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Tojikiston terma jamoasi bilan maydonda to‘qnashishdi. Bu o‘yin keyingi bosqichga o‘tishni belgilab berishda hech qanday ahamiyatga ega emasdi. Ana shu pallada o‘zbekistonliklar JCH-2014 saralash o‘yinlarining final qismiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Bundan tashqari, Vadim Abramov vasiyligi ostida jamoa jiddiy tayyorgarlik ko‘rib 3:0 hisobida g‘alaba qilishdi.

Ostona-Qozog‘iston

2013 yil 28 noyabr Vadim Abramov Qozog‘istonning “Ostona” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Lekin oradan ikki hafta o‘tib, klub rahbariyati o‘zgardi va Abramov bilan bitilgan hamkorlik to‘xtatildi.

Toshkent-Lokomotivga qaytish

2014 yil 13 fevralda Toshkent “Lokomotiv” klubiga Abramov bosh murabbiy etib tayinlandi. Shunday qilib u 2008-2010 yilgacha faoliyat yuritgan klubiga qaytgandi. Abramov klubda birinchi ishlagan yilidayoq chempionatda ikkinchi o‘rinni egallab, mamalakat kubogini qo‘lga kiritgandi.

2015 yil esa qoniqarciz natijalari tufayli iste'foga chiqarildi.

Erishgan natijalari

  • Vyetnam Futbol federatsiyasi Kubogi turniri g‘olibi: 2007, 2011
  • Valeriy Lobanov xotirasi Turniri g‘olibi: 2011
  • Match World Cup turnir finalchisi: 2012
  • Osiyo Kubogida 4-o‘rin: 2011
  • O‘zbekiston chempionati ikkinchi sovrindori: 2014
  • O‘zbekiston kubogi sohibi:
  • O‘zbekiston Superkubogi sohibi: 2015
  • O‘zbekistoning eng yaxshi yil murabbiysi: 2011
  • “Do‘stlik” ordeni sohibi: 2011

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit