Abu Bakr al-Kalabadi


562

Tug‘ilgan sana: 930 yil
Vafot etgan sana: 990 yil
Tug‘ilgan joyi: Buxoro
Yo‘nalishlar: O`rta asr arboblari, Faylasuflar

Abu Bakr Muhammad ibn Isxaq al-Buxari al-Kalabadi, yoki al-Kalabazi (Buxoroda tug‘ilgan — 990 yoki 995 yil Buxoroda vafot etgan) — xanafiy faqih, arab tilidagi tasavvuf bo‘yicha ilk asarlardan birini muallifi.

Tarjimai holi

Muhammad al-Kalabadi Kalabad dahasida tug‘ilgan va yashagan (Buxoro yaqini). U mashhur diniy olimlar Muxammad ibn Fadl (huquq), Qosim Foris (tasavvuf) va boshqalardan ta’lim olgan. Al-Kalabadi taxminlarga ko‘ra Buxoroda vafot etgan.

Mehnati

Hayoti davomida al-Kalabadi besh yoki olti asar yozgan. Ulardan bizgacha ikkitasi: «Ma’ani al-axbar» i «at-Ta’arruf li-mazhab ahli at-tasavvuf» yetib kelgan. Birinchi asari Payg‘ambarimiz Muxammad SAV ning ba’zi xadislariga qisqa ta’riflarni o‘z ichiga oladi. Islomning avvalgi uch asri mobaynida «At-Ta’arruf» asari tasavvufni o‘rganish bo‘yicha asosiy asar hisoblangan. Uni tasavvuf ahlining keyingi vakillari juda qadrlagan. Xususan, Shayh Yaxya as-Suxravardi al-Maktul (1191 y. vafot etgan) shunday deydi: «Agar at-Ta’arruf bo‘lmaganda, biz tasavvufni bilmagan bo‘lardik». Kitobda tasavvuf qarashlari va amaliyoti tizimi bayon etilgan, islomda tasavvufning ba’zi bir biriga uncha mos kelmagan g‘oyalarini uyg‘unlashtirishga xarakat qilingan, bizgacha yetib kelgan birinchi asardir. Kitobda yana tasavvuf to‘liq “ishonchli” ekanligi, va o‘zini “ishonchli”ligiga shubha yo‘qligidan dalolat beradi.

Asar 15 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, ularni uch qismga bo‘lish mumkin:

1. Tarixiy (1—4, 64—75 b.): sufiylik va tasavvuf tushunchasini belgilash, muhim shaxslar, ularning qaxramonliklari haqida hikoyalar va afsonalar;

2. Apologetik (5—30 b.): sufiy qarashlar tizimi, uning ishonchliligiga isbotlar;

3. Amaliy (31—63 b.): sufiylik amaliyoti, tasavvuf yo‘lining asosiy yo‘nalishlari, sufiy atamalar.

Al-Kalabadi asari ko‘p sharhlarga asos bo‘ldi, eng mashhuri Ismoil al-Mustamli (1042 y. vafot etgan) ning fors tilida yozilgan- «Hyp al-muridin» kitobi. Al-Mustamli vatandoshi edi va balki al-Kalabadi o‘quvchisi hamdir. Uning sharhlari sufiylik tarixi manbai sifatida yuqoridagi asardan kam emas. 1081 yil 7 aprelda uning ro‘yxatidan biri qayta yozilgan, asl nusxasi o‘z navbatida bizgacha yetib kelgan ikkinchi qadimiy fors qo‘lyozmalaridan biri hisoblanadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit