Abu Nasr Mansur ibn Iroq


1766

Tug‘ilgan sana: 960 yil
Vafot etgan sana: 1025 yil
Tug‘ilgan joyi: Xorazm
Yo‘nalishlar: O`rta asr arboblari

Tarjimai holi

Abu Nasr Mansur ibn Iroq Xorazmshoh avlodidan edi. Uning bizgacha kelgan ma'lumoti kam saqlangan. Faqat shunisi ma'lumki, u 995 yil Qiyotda (hozirgi Beurniy shahrida) Xorazm poytaxtida yashagan va ijod qilgan. Xorazmshoh Ma'mun akademiyasining asoschilaridan biri Abu Nasr Mansur ibn Iroq Abu Rayhon Beruniyga o‘sha zamonda ham murabiiy, ham ustozlik qilgan. U yosh shogirdiga juda katta qiziqish uyg‘otib, bor ilmu urfonini o‘rgatdi.

1017 yilda Ibn Iroq va uning yaqin shogirdi Abu Rayhon Beruniy bilan birga Sulton Mahmud G‘aznaviy saroyiga xizmat yuzasidan chaqiriladi va umrining poyoni yetguniga qadar Sulton Mahmudga xizmat qiladi. 1025 yili olamdan ko‘z yumadi.

Uning ilmiy ishlari

Ibn Iroqning asosiy astronomik asarlaridan biri — «Almagest shohi» hisoblanadi

Bundan tashqari, arab tilida yozilgan qo‘llanmalar muallifi ham:

«Yettiburchak yasash haqidagi kitob” – geometrik asosga qurilgan ishdir;

«Menelay “Sferika”siga sharh – sferik shaklidagi uchburchak to‘g‘risida Menelay nazariyasi ta'limoti asari;

«Menelayning “Sferik”ni mukammallashtirish haqidagi kitob» - unda sferik sinus nazariyasining ilk tuzilishi, sferik trigonometriyaga asos solgan holatda;

«Azimutlar kitobi» - astronomik qarashlarning usullari to‘g‘risida fikr yuritilgan;

«Geometriya bo‘yicha savollarga javob traktati» - sferik geometriya va asosiy yassilikni rivojlanishi.

Abu Nasr Iroqning matematikaga qo‘shgan hissasi

1.Sferik geometriyaga eng katta hissa qo‘shgan, sababi sferik trigonometriyaning asoschilaridan biri sanaladi..

2.Sferik sinus nazariyasi va yassilikni ilk marta shakllanishini isbotlab bergan.

Dunyo tan olgan olim

Abu Nasr Iroqning dunyo faniga qo‘shgan xizmati Paul Lyuk (Germaniya), E.Kennedi (AQSH), Yu.Samso (Ispaniya), K.Iyensen (Gollandiya) olimlari tomonidan yuqori baholangan. Uning «Geometriya bo‘yicha savollarga javob traktati» nemis tiliga tarjima qilingan va 1910 yil G.Zyuter nomidan nashr etilgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit