Abu Sahl Masihi


1344

Tug‘ilgan sana: 970 yil
Vafot etgan sana: 971 yil
Tug‘ilgan joyi: Qo`rg`on
Yo‘nalishlar: O`rta asr arboblari

Tarjimai holi

Abu Sahl Iso ibn YAhyo al-Masihiy taxminan 970-971 yillarda Jurjonda tavallud topgan. Ta'limni Bog‘dodda olib, 995-997 yillarda Xorazmga qaytgan. Bu yerda u Xorazm Ma'mun akademiyasida ikki buyuk alloma - Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino bilan yaqindan tanishib qoladi. Masihiy kelgusida u yozgan kitoblarini Beruniy va Ibn Sinoga bag‘ishlaydi. Abu Ali ibn Sino Masihiyni faqatgina do‘st deb bilibgina qolmay, balki tibbiyot bo‘yicha ustozidek qabul qilgan. Masihiy Xorazm Jurjon yo‘lidagi sahroda Ibn Sinoni Jurjon hukmdori Qobus ibn Vashmgir saroyiga kuzatib qaytayotganida umri poyoniga yetadi.

Asosiy ilmiy ishlari

Ilm-fan bo‘yicha Al-Masihiyning bir qancha kitob yozgani tarixdan ma'lum. Manbalarga qaraganda, Beruniyga bag‘ishlab 12 ta qo‘llanma, shulardan 3 tasi geometriya, 3 tasi astronomiya, 1 ta klimatologiya, 1 ta odobaxloq, 1 ta tilshunoslik, 2 ta astrologiya, 1 ta nabotot olami haqida yozilgan. Lekin bu asarlar bizning davrimizgacha yetib kelmagan.

Uning aniq fanlar bo‘yicha: «Kitob fi mabadi-l-handasa» («Boshlang‘ich geometriya kitobi») - asosan o‘sha vaqtlardagi «Kitob fi sukun al-ard au harakatixa» («Yer harakatlanadimi yoki sokin turishi haqidagi kitob»); «Risola fi kavanin as-sina'a» («Asronomiya qonun-qoidasi haqida ilmiy asar») - X asrlardagi astronomiyaning muhim savollari nazarda tutilgan

Tibbiyot kitoblari orasida: «Kutub al-mia fi-s-sina'at at-tibbiya» («Tibbiyot sohasi bo‘yicha 100 kitob»), «Risola fi judoriy» («Chechakning vujudga kelish haqidagi ilmiy asar»).

Al-Masihiy olim bo‘lishiga qaramay, she'rlar ham yozib turgan. Beruniy bu haqda “Tafsilot” kitobi haqida uning she'rlaridan parcha keltirib o‘tadi.

Dunyo faniga qo‘shgan hissasi

Masihiy ijodining eng katta mehnatlaridan biri - X-XI asrlarda yozilgan «Tibbiyot sohasi bo‘yicha 100 kitob»i tibbiyot bo‘yicha ham nazariy, ham amaliy savollarga javob beruvchi asaridir. Keyinchalik Ibn Sino o‘zining “Tib qonuni” asarida bu kitobdan keng ma'noda foydalanadi. Dunyo bo‘yicha kitob saqlanadigan joyda qo‘lyozmalari nusxalari saqlanadi.

Jahon e'tirof etgan alloma

Shuni ta'kidlash o‘rinliki, Masihiy o‘z zamonida buyuk alloma va ustoz bo‘lganini Beruniy va Ibn Sino tan olishgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit