Ad-Dorimiy


706

Tug‘ilgan sana: 797 yil
Vafot etgan sana: 869 yil
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Yo‘nalishlar: O`rta asr arboblari, Faylasuflar

Hofizul-kabir Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn Fazl ibn Bahrom ibn Abdussamad Tamimiy Samarqandiy ad-Dorimiy 182 hijriy sanada Samarqand shahrida dunyoga keldilar. U zotning bobolari asli arab bo‘lib, fath sababli Xurosonga ko‘chib kelgan va shu yerni vatan qilib qolganlar.

Imom Dorimiy birinchi ilmiy ishlarini Samarqandda boshladilar. Xurosondagi ulamolar huzurida ham bo‘ldilar, bundan keyin Iroq, Shom, Misr, Makka, Madina yurtlarida bo‘lib, u yerlik ulamolardan ham foydalandilar. Hadis ilmidagi qilgan asosiy harakatlari Samarqandda zohir bo‘ldi. 

Imom Dorimiy «Sunan» kitoblaridagi hadislarni ko‘p qismi, fiqhga oid ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu kitob boshqalardan ajramaganligi, noaniq so‘zlarni topilmasligi bilan mashhurdir. 

Bu kitob kishilar orasida «Sunan» deb nomlangan. Imom Dorimiyning ushbu «Sunan» kitoblari 3465ta hadisni o‘z ichiga olgandir. 

Imom Dorimiyning ustozlari ko‘p, shulardan Abu Musahhar Dimashqiy, Marvon ibn Muhammad, Abulvahhob ibn Said, Nazr ibn Shumayyil, Yazid ibn Horun, Said ibn Omir Zab’iy, Ja’far ibn Avn, Zayd ibn Yahyo ibn Abiyd Dimashqiy, Vahb ibn Harir, Xolid ibn Muhammad, Habbon ibn Hilol, Ashhol ibn Hotam Jumahiy, Hahhok ibn Muhamadlardir.

U zotning shogirdlari va u zotdan rivoyat qilgan imomlar: Imom Buxoriy («Sahih»laridan tashqari kitoblarida rivoyat qildilar), Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Nasaiy, Abu Dovud, Hasan ibn Sabboh, Abu Zar’ata Dimashqiy, Umar ibn Muhammad Bujayriy, Ja’far ibn Muhammad Faryobiy, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal va boshqalardir.

Imom Dorimiy Marv shahrida 255 hijriy sana, Zulhijja oyining sakkizinchi kuni vafot etdilar. Arafa - Juma kunida dafn qilindilar.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit