Adamov Leon Tigranovich


1437

Tug‘ilgan sana: 1929 Oktyabr 26
Vafot etgan sana: 2014 Yanvar 7
Tug‘ilgan joyi: Qo‘qon
Yo‘nalishlar: Me'morlar

Adamov Leon Tigranovich (1929 yil 26 oktyabr Qo‘qon shahri, 2014 yil 7 yanvar AQShning Sietl shaharchasi)—me’mor, O‘zbekiston fahriy me’mori, SSSR davlat mukofoti, SSSR vazirlari kengashi mukofoti, Xamza nomidagi O‘zSSR davlat mukofotlari laureati; Toshkent bosh me’mori o‘rinbosari(1970-1986).

O‘rta Osiyo politexnika instituti qurilish fakultetining arxitektura bo‘limini bitirgan.

1966 yili,shaharning markaziy qismini vayron qilgan, vojiali yer qimirlashidan so‘ng, Toshkent shahar markazi loyihasi qayta ishlandi va 1968 yili O‘zbekiston SSR vazirlari kengashi tomonidan tasdiqlandi. Loyiha amalga oshirildi va shaharning yangi markazini shakllanishiga asos bo‘ldi.

1970 yili V.I.Lenin tavalludining yuz yilligiga V.I.Lenin prospekti va V.I.Lenin muzeyning Toshkentdagi filialini o‘z ichiga olgan bir qator ishlarni amalga oshirgani uchun, muallif-me’morlar guruxi tarkibida Ye. Rozanova, V. Shestopalova, L. Adamov va boshqalar Xamza nomidagi UzSSR davlat mukofoti bilan mukofotlandi.

1972 yili L.Adamov va uning hammualliflari Toshkentning asosiy qurilish rejasini ishlab chiqqishganligi uchun SSSR vazirlari kengashi premiyasiga sazovor bo‘ldi.

1975 yili L.Adamov Toshkent shahri markazi me’morchiligi uchun, Moskva va Toshkentning boshqa me’morlari qatorida, SSSR davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

1970 yildan 1986 yilga qadar L.Adamov Toshkentning bosh me’mori o‘rinbosari. Uning ishtirokida 1976 yili Proletarskiy ko‘chasida Toshkent avtomobil yo‘llari instituti kompleksi tashkil etildi.

1998 yildan boshlab Sietlda(AQSh) yashadi,Sietl va Toshkentda Tinchlik bog‘larini ishlab chiqqani va amalga oshirgani uchun amerikaning landshaft me’morlari jamiyati sharafli a’zosi hisoblangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit