Adashev Radjab Xalimovich


1519

Tug‘ilgan sana: 1944 Iyul 15
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Yo‘nalishlar: Aktyorlar

Adashev, Rajab Xalimovich (1944 yil 15 iyul Samarqand viloyatining Urgut tumanida tavallud topgan)—o‘zbek kino va teatr aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1997).

Maktabni bitirgandan so‘ng Rajab Adashev qurilish tashkilotlarida ishladi va bo‘sh vaqtlarida Urgut xalq teatrida rollar o‘ynadi. 1964 yili u “O‘zbekfilm” kinostudiyasi aktyoriga aylandi, 1970 yilda esa Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va sa’at institutini (aktyorlik fakulteti) tamomladi. O‘zining aktyorlik faoliyatida 60 dan ortiq filmlarda suratga tushdi.

Eng yaxshi erkak roli “Abdullajon, yoki Stiven Spilbergga bag‘ishlanadi” filmi uchun mukofotlandi.O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist (1977).

Filmografiya: “Natasha xonim” (1965), “G‘or sirlari” (1966), “Quyosh bilan ortga qayt” (1971), “Qo‘rquvsiz” (1971), “Semurg‘” (1972), “Xorazm afsonasi” (1978), ”Shaxsiy qo‘riqchi” (1979), “Alibobo va 40 qaroqchi” (1979), “Cho‘loq darvesh” (1986), “Abdullajon, yoki Stiven Spilbergga bag‘ishlanadi” (1991), “Kichkina tabib” (2000), “Alpomish” (2000), “Boyvochcha” (2007), “Yangi boy” (2008), “Dil payvandi” (2008), “Amakivachchalar” (2008), “Shatranj mamlakatidagi sarguzashtlar” (2008), “Qaldirg‘ochlar yana qaytadi” (2009), “Uylanish” (2009), “Chempionlik orzusi” (2009) va boshqalar.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit