Adilxanov Karim Xasanovich


592

Tug‘ilgan sana: 1944 yil
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Geologlar

Adilxanov Karim Xasanovich - 1944 yil tug‘ilgan, o‘zbek. 1966 yil Toshkent davlat texnika universitetini “Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish” mutaxasisligi bo‘yicha bitirgan, muxandis-geolog.

Karim Adilxanov - 1966 yil universitetda o‘qishni tugatgandan so‘ng, yosh mutaxassis sifatida yo‘llanma bo‘yicha “Kristallografiya va mineralogiya” kafedrasiga assistent lavozimida qoldirilgan, assistent, katta o‘qituvchi lavozimlarida pedagogik faoliyatni olib borishdan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan hamda natijada 1989 yilda “Janubiy O‘zbekiston oltin konlarini mineral tarkibi va geoximiyaviy xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dessertatsiyasini yoqlagan, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan, hozirgi kunda shu kafedrada dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.

K.Adilxanov bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligini talabalariga “Kristallografiya va mineralogiya”, “Qidirish mineralogiyasi”, “Sistematik mineralogiya”, “Genetik mineralogiya” fanlaridan talabalarga ma’ruza, laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulot darslarini olib boradi, har yili Burchmulla o‘quv poligonida bo‘ladigan amaliyotda rahbarlik qilib kelmoqda.

Bir necha yillar davomida xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha tashkil qilingan Qashqadaryo Ekspeditsiyasi boshlig‘i va ilmiy rahbari (ma’sul bajaruvchi) sifatida faoliyat olib borgan.

Ekspeditsiya tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha 30 ta ilmiy va ishlab chiqarish hisobotlari tayyorlagan.

K. Adilxanov tomonidan bajarilgan uslubiy ishlar natijasida 6 ta uslubiy qo‘llanma chop etilgan. Ish faoliyati davomida bir necha faxriy yorliq va diplomlar bilan taqdirlangan. 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Geologiya va mineral resurslar” Davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “2008-2009 o‘quv yilining eng yaxshi o‘qituvchisi” tanlovida g‘olib deb topilib, maxsus diplom bilan taqdirlangan.

Karim Adilxanov tomonidan 2010 yilda nashr qilingan “Mineralogiya” darsligi “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” 2011 yilgi Respublika tanlovida ishtirok etib, rag‘batlantiruvchi o‘rin olib, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan, 2014 yilda 2-marta nashr qilingan “Mineralogiya” darsligi “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi — 2015” Respublika tanlovida qatnashib, g‘oliblar safida ikkinchi o‘rin bilan taqdirlangan.

O‘z malakasini Moskva Davlat universitetida va Moskva davlat neft va gaz universitetida oshirgan.

Fakultetda dekan o‘rinbosari, kasaba uyushmasi tashkiloti raisi, bilim jamiyati raxbari, talabalarning o‘quv amaliyoti rahbari, uslubiy kengash a’zosi vazifalarini bajargan.

Sport ishlarida faol qatnashadi, shaxmat musobaqalarida institut va fakultet sharafini ximoya qiladi.

O‘z ishini yaxshi biladigan pedagog, faol jamoatchi va tashkilotchi, xamkasblari va talabalar bilan yaxshi muomalasi bilan ajralib turadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit