Adirovich Emmanuil Ilich


611

Tug‘ilgan sana: 1915 Avgust 24
Vafot etgan sana: 1973 Sentyabr 10
Tug‘ilgan joyi: Rossiya
Yo‘nalishlar: Fiziklar

Emmanuil Ilich Adirovich (24 avgust 1915 yil — 10 sentyabr 1973 yil) — qattiq jism fizikasi bo‘yicha fizik-nazariyachisi, fizika-matematika fanlari doktori, O‘zSSR FA a’zosi. 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Tarjimai holi

1915 yil 24 avgustda Melitopolda tug‘ilgan. 1940 yili Moskva davlat universitetini tamomlagan. So‘ng 22 yil davomida SSSR FA P. N. Lebedev nomidagi Fizika institutida ishlagan. 1949 yili fizika-matematika fanlari doktori darajasini oldi. 1963 yili  O‘zbekiston SSR FA Fizika-texnika instituti professori bo‘lgan.

10 sentyabr 1973 yili Toshkentda vafot etgan. Botkin qabristonida dafn etilgan.

Tadqiqotlari

Kristallar lyuminestsentsiyasi va dielektrik elektronika muhitli nazariyasi asoschilaridan biri va “sovuq o‘t olish” hodisasini oldindan aytgan va isbotlagan, optron va optron zanjiri nazariyasini qurgan, yarim o‘tkazgich qatlamlarda o‘ta yuqori fotokuchlanish va o‘ta yuqori fotomagnit kuchlanish hodisasini ochgan, metallardan termoelektron va avtoelektron emissiyasida dielektrikada emission toklar bo‘yicha masalaning aniq yechimini topgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit