Agishev Odelsha Aleksandrovich


624

Tug‘ilgan sana: 1939 Avgust 16
Vafot etgan sana: 2015 Sentyabr 7
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Rejissyorlar

Agishev Odelsha Aleksandrovich (1939 yil 16 avgust Toshkent shahri), sovet, rus, o‘zbek kinostsenariy yozuvchisi, stsenariy mahorati bo‘yicha ustoz, , Gerasimov nomidagi Rossiya davlat kinematografiya instituti hamda stsenariy va rejissorlik oliy kursi maktabida professor. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, SSSR va USSR davlat mukofotlari laureati, “Kasbga sadoqati uchun” SO‘Z (SLOVO) mukofoti laureati.

Tarjimai hol

Odelsha (o‘zbek tilida, to‘g‘ri yozilishi Adelsha) Agishev 1939 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1956 yilda Suvorovsk o‘quv dargohini ona yurtida tamomladi, 1962 yilda esa S.A. Gerasimov nomidagi Rossiya davlat kinematografiya institutining stsenariynafislik fakultetini tamomladi. Rejissyor Elyor Ishmuxamedov bilan ijodiy sheriklikda ko‘pgina filmlarni yaratdi. Mashhurlik olib kelgan kinolari "Noziklik" va "Sevishganlar", ushbu filmlari xalqaro sovrinlarga sazovor bo‘lgan.

1985 yilda Odelsha Agishev — S.A. Gerasimov nomidagi Rossiya davlat kinematografiya institutida stsenariynafislik yo‘nalishiga rahbar, 1999 yilda esa professor bo‘ldi. Uning o‘quvchilari orasida Pyotr Lutsik, Aleksey Samoryadov, Aleksandr Gonorovskiy, Ilya Rubinshteyn, Vladimir Moiseyenko va boshqalar bo‘lgan.

1980—1990 yy — Moskva stsenariynafislik birlashmasida raislik qildi.

1986 — 1994 yy - SSSR va Rossiya kinematografistlar ittifoqida kotiblik qildi.

Yekaterinburgdagi “Rossiya” ochiq xujjatli filmlar festivalida va boshqa saralanuvchi kinofestivallarda hay’at a’zosi bo‘ldi.

2013 yilda stsenariy va rejissyorlik ishi bo‘yicha oliy ta’lim maktabida stsenariy savodxonligi bo‘yicha rahbarlik qildi.

1997 yil Odelsha Agishev ish faoliyati davomida rejissyor Andrey Osipov bilan hamkorlikda “Kumush asr afsonasi” nomli xujjatli film uchun stsenariy yozdi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit