Agzamov Georgiy Tojiyevich


1169

Tug‘ilgan sana: 1954 Sentyabr 6
Vafot etgan sana: 1986 Avgust 27
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Georgiy Tojiyevich Agzamov (6 sentyabr 1954 yil, Olmaliq, Toshkent viloyati- 27 avgust 1986 yil, Sevastopol yaqini) — sovet ittifoqi shaxmatchisi, Xalqaro grossmeyster (1984) va O‘rta Osiyodagi birinchi grossmeyster. 

Tarjimai hol

O‘zbek jarrox-shifokori Tojixon Agzamov oilasida tavallud topgan. Georgiy 11 yoshidayoq ona shahri Olmaliqda kattalar o‘rtasida chempion bo‘lgan. 

Georgiy 19 yoshida masterlikka erishdi. Tez orada akalari Vyacheslav va Valeriy ushbu unvonga ega bo‘ldilar. Georgiy ingliz tili va adabiyotini institutda o‘qib tamomlagach, aksar vaqtini amaliy mashg‘ulotlarga qaratdi va uning sir asrorlarini egallashga urindi. Ekstra-klass shaxmat o‘yinchilari bilan uchrashish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Sovet Ittifoqi halqlari Spartakiadasida (1981) u O‘zbekiston komandasiga boshchilik qildi, uchta eks-chempionlar M. Tal, T. Petrosyan, B. Spasskiy va grossmeysterlar Polugayevskiy va Taymanovlar bilan o‘ynadi. 

Sovet Ittifoqi chempionatida (1981) muvaffaqiyatli ishtirok etib, grossmeyster Belyavskiy bilan 6-7 o‘rinlarni bo‘lishganidan so‘ng bir qator yirik xalqaro turnirlarda g‘alaba qozondi. Georgiy 2 yil davomida 6 ta yirik xalqaro turnirlar g‘olibi, ular qatorida Belgrad(1982), Vrshats(1983), Sochi(1984). Ularda besh marta grosmeysterlik me’yorini bajardi. Bu oliy unvon unga 1984 yilgi Salonikida bo‘lib o‘tgan FIDE kongressida berildi.

Agzamovning hayoti 1986 yil 27 avgustda fojiyaviy ravishda yakunlandi. Qosh qoraygan vaqtda Sevastapol yaqinida sayr qilib yurganida qoqilib tog‘ darasiga qulab tushdi. O‘sha vaqtda u 31 yoshda edi. 

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlab turnirlar o‘tkazib turadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit