Ahmedov Odil Olimjonovich


2558

Tug‘ilgan sana: 1987 Noyabr 25
Tug‘ilgan joyi: Namangan
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Odil Olimjonovich Ahmedov —Oʻzbekistonlik futbolchi. Ampluasi yarimhimoyachi, asosan markaziy va tayanch yarimhimoyachisi sifatida oʻynaydi.Oʻzbekiston milliy terma jamoasiva Rossiyaning «Krasnodar»klubi futbolchisidir.

Odil Ahmedov 1987-yilning 25-noyabr kuni Namangan shahrida tugʻilgan. 2000-yillarning boshida U «Havbahor» va Toshkentning «Lokomotiv» futbol klublari akademiyasida tahsil olgan. Keyinroq U Toshkentning «Paxtakor» klubi oʻrinbosarlar tarkibida oʻynashni boshlagan.

2006-yilda Rossiyalik taniqli futbol mutaxassisi — Valeriy Kuzmich Nepomnyashiy «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Aynan Valeriy Nepomnyashiy Odil Ahmedovning oʻrinbosarlar jamoasidagi oʻyinini kuzatib uni «Paxtakor» bosh jamoasiga jalb qiladi va shu bilan Ahmedovning «Paxtakor»dagi faoliyati boshlanadi. Uning «Paxtakor» safidagi ilk debyut oʻyini oʻsha yilning 16-may kuni Ahmedov 18 yoshdaligida, safarda zarafshonning «Qizilqum» jamoasiga qarshi chempionat oʻyini boʻldi. «Paxtakor» safidagi ilk mavsumidayoq U Oʻzbekiston chempionligini va Oʻzbekiston Kubogini qoʻlga kiritadi.

2007-yilgi mavsumda Ahmedov «Paxtakor» bilan yana Oʻzbekiston chempionligini, Oʻzbekiston Kubogini va sobiq SSSR tarkibiga kirgan davlatlar, hozir esa MDHga aʼzo davlatlar ishtirok etadigan Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogini qoʻlga kiritadi. Oʻsha mavsumda, «Paxtakor» Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi finalida Latviyaning «Ventspils» klubini penaltilar seriyasida 9:8 hisobida magʻlubiyatga uchratib kubokga ega chiqgan edi.

2008-yilgi mavsumda Odil Ahmedov «Paxtakor» bilan Oliy Ligada ikkinchi, Oʻzbekiston Kubogi va Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi finaligacha yetib keladi va har ikki finalda imkoniyatni boy berib kumush medallarni qoʻlga kiritadi. Oʻshanda «Paxtakor» Oʻzbekiston Kubogida «Bunyodkor»ga, Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi finalida esa Ozarbayjonning «Hazar-Lenkoran» klubiga 4:3 hisobida yutqazgan edi.

Yutuqlari

Jamoaviy

«Paxtakor»

Oʻzbekiston Chempioni: 2006, 2007

Oʻzbekiston chempionati kumush medallari sohibi: 2008, 2009, 2010

Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2006, 2007, 2009

Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2008

Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi sohibi: 2007

Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi finalchisi: 2008

«Anji»

Rossiya Premyer-Ligasi bronza medallari sohibi: 2012/2013

«Krasnodar»

Rossiya Kubogi finalchisi: 2013/2014

Rossiya Premyer-Ligasi bronza medallari sohibi: 2014/2015

Shaxsiy

Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2009, 2011, 2014

«Anji» futbol klubida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2011

«Krasnnodar» futbol klubida mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2014/2015

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit