Akbariy Sulton


854

Tug‘ilgan sana: 1923 yil
Vafot etgan sana: 1997 yil
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Qo`shiqchilar, Shoirlar, Tarjimonlar

Kamtarin inson, iste’dodli shoir Sulton Akbariy adabiyotimizda baxshiyona uslubda qalam tebratgan shoirlardan biri. U mohir dostonnavis, tarjimon sifatida ham samarali ijod qilgan. Binobarin, u o‘z ovozi, o‘z uslubiga ega shoirlardandir.

Adabiyotimizda baxshiyona uslubda qalam tebratgan shoirlar anchagina. Sulton Akbariy - shulardan biri. Sulton Akbariy 1923 yilning kech kuzida Toshkentda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatiboq, mehnat faoliyatini gazetalarda adabiy xodimlikdan boshlagan. Toshkent Davlat pedagogika institutining so‘nggi kursidan frontga ketgan. Jangdan qaytgach, yana jurnalist sifatida faoliyat olib borgan.

U «Xorazm haqiqati» gazetasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab yurgan kezlarida Qo‘ng‘irot temir yo‘li qurilishi haqida «Cho‘ldan maktublar» nomli turkum ocherklarini e’lon qilgan. U 1948 yili Toshkentga qaytib, 1952 yilgacha gazetalarda faoliyat ko‘rsatdi, so‘ng Moskvadagi Oliy adabiyot kursida tahsil oldi.

So‘ngra «Toshkent» badiiy adabiyot nashriyotida bosh muharrir, «Toshkent haqiqati», «Guliston», «O‘qituvchilar gazetasi» kabi gazeta va jurnal tahririyatlarida mas’ul lavozimlarda ishladi.

Kamtarin inson, iste’dodli shoir Sulton Akbariy 1997 yilning bahorida hayotdan ko‘z yumdi.

Sulton Akbariyning dastlabki she’riy to‘plami 1950 yilda e’lon qilindi. Shundan keyin uning yigirmaga yaqin she’riy to‘plamlari va dostonlari chop etildi.

Faoliyati

Sultonning yigirmaga yaqin she’riy to‘plamlari va dostonlari chop etildi. Ular orasida «Imonim, e’tiqodim», «Yaralangan qo‘shiqlar», «Suluv suluv emas, suygan suluv», «Shukrona», «Mehrigiyo», «Dovon va devon» kabi she’riy majmualari alohida ajralib turadi.

Sulton Akbariy mohir dostonnavis sifatida ham ko‘plab asarlar yaratgan. Ular orasida, ayniqsa, «Girdob» (1964) dostoni kitobxon va adabiy jamoatchilik e’tiborini qozongan. Uning «Qatag‘on» (1992) dostonida sovet davlati mudhish siyosatining g‘ayriinsoniy mohiyati ochib tashlangan.

Sulton Akbariy tarjimon sifatida ham samarali ijod qilgan. Uning qalamiga mansub tarjima asarlar orasida qirg‘iz eposi «Manasdan qilgan tarjimalari muayan o‘rinni egallaydi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit