Akbarov Ikrom


2404

Tug‘ilgan sana: 1921 Mart 1
Vafot etgan sana: 2011 Dekabr 18
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Bastakorlar

Bastakor, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi», O‘zbekiston va O‘rta Osiyo respublikalarida muvaffaqiyat qozongan jamoatchilik nazariga tushgan yetuk bastakor, O‘zbekiston Davlat mukofoti va qator xalqaro mukofotlar sohibi.

Tarjimai hol

Bastakor Ikrom Akbarov 1921 yilda Toshkentda tug‘ligan. 1939-1945 yillarda Toshkent, 1945-1954 yillarda Sankt-Peterburg Davlat konservatoriyalarini (shu konservatoriya aspiranturasini) bitirib, 1954 yilda Toshkent Davlat konservatoriyasida o‘qituvchi sifatida o‘z mehnat faoliyatini boshladi.

Uning ijodiy faoliyati 1941 yildan boshlangan.

1945 yilda Toshkent konservatoriyasini tamomlagan.

1950 yilda Leningrad konservatoriyasini bitirgan.

1950-1953 yillarda Leningrad konservatoriyasi aspiranturasida o‘qishni davom ettirgan.

1957 yili ilk marotaba kinoda o‘ynagan (“Baxt sharafiga”).

Ikrom Akbarov musiqa olamiga yorqin va shiddat bilan kirib keldi. Hamza nomidagi musiqa bilim yurtining fortepiano bo‘limini tugallagach, Toshkent konservatoriyasining bastakorlik fakultetiga kirib, o‘qishini davom ettirdi. (Moskva konservatoriyasi pedagoglari Yu.Fortunatova, keyinchalik S.Vasilenko, L.Revutskiy, A.Kozlovskiylardan saboq oldi), so‘ng I.Akbarov Leningrad konservatoriyasida aspiranturani (pedagoglar M.Shteynberg, keyinchalik - B.Arapova, V.Voloshinovalardan musiqa san'ati sirlaridan tahsil oldi). O‘qish davrida ko‘p qirrali qobiliyati namoyon bo‘ldi.

I.Akbarov kamer-cholg‘u, simfoniya, vokal turli musiqa janrlarini puxta egalladi. U ilk musiqa asarlari muallifning mustaqil o‘y-qarashida, ona yurti chiroyini musiqaviy ohangrabosini ochib berishda va milliy musiqa madaniyati bilan boyitish bilan ifodalanadi. Keyinchalik uning musiqiy ijodi turli musiqa madaniyati bilan chambarchas bog‘liq — mumtoz rus va zamonaviy musiqani, hind, ispan, qirg‘iz musiqa madaniyatiga bo‘lgan munosabatni, va albatta o‘zbek madaniyati musiqasi xazinasini o‘z ichiga oladi. Shuni ta'kidlash o‘rinliki, bastakor mohirona turli maktablarning tajribasini umumlashtirib, umummilliy musiqiy manbalarga xuddi o‘zining qadrdonidek yondoshadi. Bastakorning dunyoqarashi keng va xilma-xildir. Lekin Akbarovning shon-sharafi birinchi navbatda o‘zbek simfoniyasining shakllanishi bilan chambarchas bog‘liq.


Ikrom Akbarov o‘zbek simfonik musiqasining ajralmas bir qismidir. Bastakor eng ko‘p e'tiborni instrumental janrlarga (poema, uvertyura, konsert, simfoniyaga) bag‘ishlagan, shuningdek u sonataga ham istrumentral umumlashtirishga katta qiziqish uyg‘otgan.

Bastakor Ikrom Akbarov Leningrad konservatoriyasida saboq berganining ta'siri ijodiy yo‘nalishini shakllantirishga undadi. Lekin bu Akbarovni milliy musiqadan bo‘linib qoldi emas, u musiqa madaniyati bilan aloqalarni bir maromga solib oldi. Har ikki tizim bastakorning ongiga muhrlangandi.

Tanlangan Akbarov janrlari — poema, syuita o‘zbek simfonik musiqasining takomillashtirish umumiy g‘oyani shakllantiradi. Bunday xulosa kelish asosiy isbotini topgan. Bastakor turli simfonik musiqalar ustida ishlab “Samarqand hikoyalari” simfoniyasini yaratadi. Bu davr (asosan 60-70 yillarni) o‘z ichiga oladi va o‘zbek mualliflari ijodida simfoniya yetakchi janrlardan biri sanaladi.

“Samarqand hikoyalari”da eng muhimi dramatik asarlar xususiyatlari, fikrlash va rivojlanish usullari monofonik his etiladi.

I. Akbarov 1954 yilda yozilgan ilk partiturasi «Shkspir xotirasiga» poemasi bilan jamoatchilik nazariga tushdiki, ijoddagi bu dastlabki yutuq, uning «Eyshedrema», skripka va orkestr uchun 3 ta konserti «Shakuntala» simfonik manzaralari, «Samarqand hikoyalari»da keng rivoj topdi va 90-yillar «Simfoniya - epitafiya» va «Simfoniya - violonchel va orkestr», alt va kamer konsertlarini yaratdi.

Shuni ta'kidlash lozimki, simfonik-mualliflar avvalgi bosqichlarida simfonik qonunlar, faqattabiiy folklor namunalaridanfoydalanishgan bo‘lsa, bugungi kundaularsimfoniyaga og‘zaki an'ana janrlari xususiyatini o‘z ichiga oladi. Bejizga emas, tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyoda simfoniya janri rivojlangan, negaki, u yer mumtoz musiqa merosiga juda boy.

O‘zbekistonda musiqiy-sahnaviy janrlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan I. Akbarovning «Momo yer», «O‘jarlar» va boshqa musiqiy drama va simfoniyalari O‘zbekiston va O‘rta Osiyo respublikalarida muvaffaqiyatli ravishda sahnalashtirilgan qator spektakllar yaratdi.

«Orzu», «Layli va Majnun» baletlari, «Sug‘d elining qoploni», operalari Toshkentdagi opera teatrida «Toshkentnoma», «Mening shahrim» kabi oratoriya va kantatalar, torli kvartetlar va romanslar, xalq so‘zlari uchun yozilgan «Gazli», «Ra'no», «Qaydasan», qo‘shiqlari ham san'atkor ijodining kino san'ati ravnaqiga munosib hissasi hisoblanadi.

1956 yilda, so‘ngra «Ikkinchi bahor», «Sen yetim emassan», «Osiyo ustida bo‘ron», «Qora konsulning halokati», «Ikki dil dostoni» va boshqa badiiy hamda hujjatli filmlarga musiqa yozdi.

XX asr o‘zbek simfonik ijodiyotiga ulkan hissa qo‘shgan bastakor Ikrom Akbarovning ijodi 1964 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi» unvoni, 1977 yilda «Hamza» vokal simfonik poemasi uchun O‘zbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

I. Akbarov 1998 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro simfonik musiqa festivalida «Ibtido xatosi» operasi bilan qatnashdi. 1999 yilda M. Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» asari asosida «Jaloliddin Manguberdi» operasini yozdi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit