Akopov Vil Ivanovich


686

Tug‘ilgan sana: 1930 May 11
Vafot etgan sana: 2014 yil
Tug‘ilgan joyi: Krasnоdar
Yo‘nalishlar: Shifokorlar

1930 yil 11 mayda Krasnodarda shifokor va o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlanishida otasi frontga ketadi, oilasi 1941 yil dekabrda Yerevanga evakuatsiya qilindi.U yerda maktabda o‘qishni davom etdi va 1946 yilda uning oilasi otasining Tibbiyot instituti kafedra boshqaruvchisi bo‘lib saylangaligi bois Samarqandga ko‘chib o‘tdi. 

1949 yilda u o‘rta maktabni bitirgan va I.P. Pavlova nomidagi Samarqand tibbiyot institutining davolash fakultetiga o‘qishga kirdi. 1955 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. Institutni tamomlagach, u professor Eydlin L.M. rahnamoligida Sud tibbiyoti kafedrasiga aspiranturaga topshiradi. Uni ham tamomlagach, fan nomzodi dissertatsiyasini yoqlaydi, u ushbu bo‘lim yordamchisi hamda Samarqand viloyati tibbiyot-sud ekspertlari byurosi mutahassisi bo‘lib ishlagan. Bu yillar davomida, turmush qurgan, uchta bolalik bo‘lgan.

1965 yil mart oyida Chita tibbiyot instituti sud meditsinasi kafedrasini boshqarish uchun Chitaga ko‘chib o‘tadi. Tez orada institutning kasaba uyushmasi raisi bo‘lib saylanadi. 1966 yil oxirida ilmiy ishlar prorektori deb tayinlanadi.

Faoliyati

1962 йил «Значение и возможности непосредственной микроскопии повреждений кожи в комплексе методов исследования телесных повреждений» (Teri jarohati tadqiqotlarini kompleks usullarida jarohatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mikroskopiyasining ma’nosi va imkoniyatlari ehtimoli) mavzusida fan nomzodi dissertatsiyasini yoqlagan

Butunittifoq hamda tumanlararo sud mediklari konferentsiyalarida ma’ruzalari bilan ishtirok etgan, 20 dan ortiq ishlarini nashrdan chiqargan.

Sud tibbiyotida birinchi marotaba tadqiqotning ultratovush usuli ishlab chiqilgan va uning foydalanish imkoniyati hamda samaradorligi haqida monografiya yozilgan.

Ilmiy va pedagogik faoliyati natijalari

300 ta ish muallifi bo‘lib, ulardan 12 qo‘llanma va darsliklar, Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi bo‘yicha 7 ta monografiya, 2 ta idoralararo dastur, ixtirolar uchun 2 ta sertifikat va 7 ta yangilik kiritish takliflari.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit