Akopyants Andrey Akopovich


489

Tug‘ilgan sana: 1977 Avgust 27
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1977 yil 27 avgust kuni tug‘ilgan.

O‘zbek futbolchisi, yarimhimoyachi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq o‘yinchisi.

O‘zbek futboli tarbiyalanuvchisi. 4 yil “Paxtakor” jamoasida o‘ynab, O‘zbekiston chempioniga aylanadi va milliy kubokni qo‘lga kiritadi. 1999 yil O‘zbekistonning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan. 2000 yil Rossiya klubiga o‘tish imkoniyati paydo bo‘ladi. Akopyantsda u vaqt Rossiyaga ko‘chib o‘tish imkoniyatlari keng bo‘lgan. Futbolchining yordamchisi “Krilya Sovetov” hamda “Zenit” jamoasi vakillari bilan kelishuvlar olib borsa-da, futbolchi oxir-oqibat “Rostselmash” jamoasi o‘yinchisiga aylanib, mamlakat chempionat va Kubogida 120 dan ziyod o‘yinlarda ishtirok etgan. 2005 yil oxirida “Rostov” bilan tuzilgan shartnoma yakuniga yetdi. Mavsum o‘rtasida Andreyga uni uzaytirish taklifi kelib tushdi, biroq futbolchining o‘zi jamoani o‘zgartirish qarorini qabul qiladi. 2006 yil novorossiysk “Chernomorets” jamoasiga o‘tib ketib, u yerda 15 ta gol urib rekord o‘rnatdi. 2007 yil avvalida Latviyaning “Daugave”sida, so‘ngra “Darid”da o‘ynaydi. 2008 yil yarim mavsum o‘zining jonajon “Paxtakor”ida o‘ynab, ilk bor O‘zbekiston chempionatida kumush medal sohibiga aylanadi. Butun 2009 yil davomida Samarqandning “Dinamo” jamoasida o‘ynaydi. 2010 yil Latviya klubini tark etib, “Nijniy Novgorod” jamoasi o‘yinchisiga aylanadi.

Termada

  • O‘zbekiston milliy terma jamoasida 1998 yildan 2005 yilgacha 40 ta match o‘tkazdi va 6 ta gol muallifi bo‘ldi.

Yutuqlari

  • O‘zbekiston chempionati: 1998
  • O‘zbekiston milliy terma jamoasi kumush medal sohibi: 2008
  • O‘zbekiston Kubogi sohibi: 1997
  • O‘zbekiston Kubogi finalisti: 2008
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit