Akovbyan Armais Aristagesovich


614

Tug‘ilgan sana: 1900 Mart 2
Vafot etgan sana: 1974 yil
Tug‘ilgan joyi: Eron
Yo‘nalishlar: Shifokorlar

A. A. Akovbyan 1900 yil 2 mart kuni Tavrid shahrida ishchilar oilasida dunyoga kelgan. XVIII asr boshida oilasi bilan Ashxobodga ko‘chib o‘tishadi.

Gimnaziyani yakunlagach, 1919-1921 — Qizil Armiyada xizmat o‘taydi. Keyin Turkiston universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) meditsina fakultetiga o‘qishga topshirib, 1926 yil yaknulaydi va shifokor bo‘lib ishlaydi.

1940 yildan Toshkent meditsina institutining teri-venerik kasalliklar kafedrasini boshqargan.

So‘ngra O‘zbek SSR sog‘liqni saqlash Vazirligi bosh venerologi. O‘zbekiston Respublikasi dermato-venerologlar uyushmasi raisi. Rayosat a’zosi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy tibbiyot kengashi muammolar komissiyasi a’zosi.

U "Dermatologiya va venerologiya axborotnomasi" va "O‘zbekistonning tibbiyot jurnali tahririyati kengashi a’zosi " bo‘lgan.

O‘z faoliyati davomida 3 nafar tibbiyot fanlfri doktorini (U. M. Miraxmedov, K. S. Suleymanov,R. A. Kapkayev) va 10 ta fan nomzodi tayyorlagan.

Tanlangan ilmiy ishlari

SSSR da ilk bor shankra zardobini davolash taklifini bergan va o‘zi tomonidan emlangan hayvonda muvaffaqiyatli qo‘llagan.

Akovbyanning Ilmiy-tadqiqot faoliyati kasalliklarga yo‘naltirilgan bo‘lib, viloyat patologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan: teri leyshmaniozi, mikoz va ayniqsa Markaziy Osiyo respublikalari uchun katta amaliy ahamiyatga ega vitiligo. Olim shuningdek jiddiy e’tiborni patogenez o‘rganishga, teri silini davolashning zamonaviy usullariga va juda ham jiddiy kasalliklardan biri bo‘lmish pemfigus davosiga qaratgan.

80 dan ortiq ilmiy nashrlar va 3 kitoblar muallifi, shu jumladan:

  • Salvarsanning nojo‘ja ta’siri
  • O‘zbekiston SSRida zaxmga qarshi kurash

Mukofotlari

  • “Qizil bayroq mehnati” ordeni
  • “Qadr belgisi” ordeni
  • SSSR medallari
  • O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining fahriy Diplomi
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit