Akramov Rustam Akramovich


641

Tug‘ilgan sana: 1948 Avgust 11
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Rustam Akramovich Akramov (lot. Rustam Akramovich Akramov; 11 avgust, 1948 yil; Yangibozor, Toshkent viloyati, O‘zbekiston SSR, SSSR) — o‘zbekiston sobiq futbolchisi, hozirda futbol murabbiyi, mutaxassis va funktsioner. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy. «Shuxrat» medali bilan taqdirlangan.

Tarjimai hol

Akramov Rustam 1948 yil 11 avgustda Toshkentdan uzoq bo‘lmagan Yangibozor shaharchasida tug‘ilgan. 1970 yili O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining futbol murabbiyi yo‘nalishini tamomlagan. Hamda Moskva jismoniy tarbiya institutida aspiranturada o‘qigan. 1975 yili nomzodlik dissertatsiyasini “Tanlov uslublari tadqiqi va terma jamoalarni tayyorlash” mavzusi bo‘yicha yoqladi.

1967-1973 yillari toshkentning “Politotdel” va “Paxtakor” tarkibida o‘ynadi. 1974 godu murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullana boshladi va moskvaning “MXSK” (TSSKA) yoshlar komandasiga murabbiylik qildi.

Aspiranturani tamomlagach O‘zDJTIda o‘qituvchi bo‘lib ishladi, ilmiy ish bilan shug‘ullandi, “Paxtakor” jamoasi bosh murabbiyining ilmiy maslahatchisi edi. 1978 yili kafedra mudiri bo‘ldi. Bu vazifani 1987 yilgacha bajardi. 1984 yil fan nomzodi bo‘ldi. 1980-1990 yillar oralig‘ida Jazoirda ishladi, “USM Jazoir” klubiga murabbiylik qildi (1990-1991) va Jazoir milliy termasining murabbiylar shtabi tarkibiga kirdi. 1987-1989 yillari Jazoir milliy universiteti futbol kafedrasi professori edi. Bu yillari Akramov Rustam frantsiya futbol klubi “Bordo” da murabbiylik malakasini oshirdi.

Mustaqillikdan so‘ng 1992 yili O‘zbekiston futbol terma jamoasiga asos solindi. Yangi terma jamoaning murabbiylari etib Rustam Akramov va Berador Abduraimov tayinlandi. Uning rahbarligi ostida O‘zbekiston termasi Markaziy Osiyo Kubogi sovrindori bo‘ldi.

1994 yili O‘zbekiston termasi Mustaqillik Kubogi xalqaro turnirida g‘olib bo‘ldi. Yil oxirida, yaponiyaning Xirosima shahrida o‘tkazilgan yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston termasi finalda Xitoy ustidan g‘alaba qozonib turnir chempioni bo‘ldi. Shu vaqtni o‘zida Akramov Rustam toshkent “Paxtakor” iga murabbiy edi va klubda bir sezon faoliyat yuritdi. Xirosimada g‘alabadan so‘ng Akramov Rustam “Shuxrat” medali bilan mukofotlandi va O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoniga sazovor bo‘ldi.

Shu yili Akramov FIFA murabbiylar akademiyasini tamomladi va 1995 yili Hindiston futbol milliy termasiga rahbarlik qilishga taklif etildi. Hindistonda 1997 yilgacha ishladi va O‘zbekistonga qaytdi. 1998 yili AFK texnik direktori etib tayinlandi. Hozirgi kunda O‘zbekiston futbol federatsiyasi huzuridagi milliy termalar markazi texnik direktori bo‘lib ishlamoqda.

Rustam Akramov 30dan ortiq ilmiy ishlar, 100 ga yaqin ilmiy maqolalar va futbol haqida 6 ta kitob muallifidir. O‘zbek, rus, ingliz va frantsuz tillarida erkin suhbatlashadi.

Murabbiy sifatida yutuqlari

O‘zbekiston termasi bilan

  • O‘rta Osiyo mamlakatlari Kubogi sovrindori: 1992
  • Mustaqillik Kubogi soxibi: 1994
  • Yozgi Osiy o‘yinlari chempioni: 1994

Hindiston remasi bilan

  • Janubiy Osiyo o‘yinlari chempioni: 1995
  • Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi Kubogi soxibi: 1997
  • Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi Kubogi finlisti: 1995

Shaxsiy yutuqlari

  • O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy: 1994
  • “Shuhrat” medali
  • AFK Oltin yulduzi kavaleri: 2010
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit