Akromov Toshxo‘ja Akromovich


1652

Tug‘ilgan sana: 1936 May 23
Vafot etgan sana: 2015 yil
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Aktyorlar, Rejissyorlar

"Shashmaqom" Badiiy-musiqiy film. "O‘zbektelefilm" mahsuloti. Rejisyor Toshxo‘ja Akromov.

Shashmaqom o‘zbek musiqiy madaniyatida beqiyos o‘ringa ega va xalqimiz musiqiy merosining asosini tashkil etadi.

Uning tarkibida 250ga yaqin mushkulot (cholg‘u) va nasr (ashula) yo‘llari bo‘lib, bularning barchasi aniq lad va uslublar asosida bir-biriga bog‘langandir.

Shashmaqom tarkibida o‘ziga xos shakldagi yirik turkumlar bo‘lib,ular Buzruk, Rost, Navo, Dugox, Segox, Iroq deb nomlanadi. Bularning har biri 20tadan 45 tagacha katta va kichik hajmdagi maqom yo‘llaridan iboratdir.

Shashmaqomdagi har bir turkum yakka kuy va ashulalar tarzida sozanda, xonanda va dastalar tomonidan ijro etilgan va hozir ham ijro etiladi. Maqomlarning har biri ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, ular cholg‘u va ashula bo‘limlarga ajraladi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit