Al-Fudayl ibn Iyyad


504

Tug‘ilgan sana: 725 yil
Vafot etgan sana: 803 yil
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Yo‘nalishlar: Faylasuflar, O`rta asr arboblari

Uning asl ismi Abu Ali al-Fudayl ibn Iyyad ibn Masud ibn Bishr at-Tamimi al Yarbu al-Xurosoni

Al-Fudayl Abivardlar sulosidan bulib, Samarqandda 107 yilda(xijriy 725 yil) tug‘ilgan. U yoshligida qaroqchi bo‘lib, Serax va Abivarddan o‘tgan karvonlarga xujum uyushtirgan. Al-Fudaylning yozishicha bir kuni karvonga xujum uyushtirgan vaqtida unga Quroni karimdan olingan bir jumla eshitiladi, ya’ni: Mo‘minlarning qalbiga haq va nohaqlikni singdirish vaqti keldi, ular to‘g‘ri va noto‘g‘ri ishlari uchun javob beradilar.

Shundan so‘ng, u Iroqning Kufu shahriga borib, Sulaymon al-Amash, Bayan ibn-Bishra, Ibn Abu Leyli, Jafar as-Sodiq va boshqalarga shogird tushib, ilm olishni boshlaydi. U hadis yozish bilan shug‘ullanadi va o‘z shogirdlari Abdullax ibn al-Muborak, Yaxya al-kattan, Abd ar Raxmon ibn Maxdi, Sufan ibn Uyan, al Asmi, Abd ar-razzak as Sani, Muhammad ash-Shafii, Abu bakr Al-Xumaydi kabilarga hadis ilmidan saboq beradi.

Al-Fudaylbarcha taqvodor xarakterli inson sifatida tanilgan. Abu Nuaymaning “Xilat al-avliya” kitobida, abbosiylar xalifasi Xorun ar-Rashid al-Fudayl bilan ko‘rish uchun uning huzuriga tashrif bubrgani qayd etiladi. Tashrif vaqtida Xorun ar-Rashid xalifalikdan voz kechgani va uning asosiy qarzi olloh oldidaligini al-Fudaylga aytadi.

Al-Fudayl ibn Iyyad Makkada 187 yili(Xijriy 803 yil) vafot etadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit