Al-Kaffal ash-Shashi


606

Tug‘ilgan sana: 904 yil
Vafot etgan sana: 975 yil
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Filolog, O`rta asr arboblari

Abu Bakr Muxammad ibn Ali ash-Sháshi - al-Kaffál ash-Sháshi nomi bilan mashhur (arab. القفال الشاشي‎; 904, Shash — 975, Shash) — olim,islom olamida mashhur arbob, lingvist.

Muxammad ibn Ali ash-Shashi 904 yilda Shosh (hozirgi Toshkent) shahrida tavallud topgan. U Bag‘dod, Hurosonda tahsil olgan, haj safarida bo‘lgan, Suriyada o‘qishni tamomlagan. Uning ustozlari qatorida Ibn Xuzayma, Ibn Djarir at-Tabari va Abul-Kasim al-Bagavi bor edi. Movarounnahrda shafiit mazhabini tarqatgan. Fikh va uning asoslari to‘g‘risida va ash-Shafii “ar-Risala” kabi kitoblar yozgan.

Aal-Xakim an-Naysaburi, Ibn Manda, Abu Nasr ibn Katada, as-Sulami kabilar uning hadislarini ommaga aytib yurishgan.

Umrining so‘nggida u o‘z ona yurtiga, Shoshga qaytadi, 975 yili olamdan o‘tadi. Toshkentda uning qabri ustida maqbara bunyod etilgan.

Bibliografiya

  • Dalail an-nubuvva (arab. دلائل النبوة‎)
  • Maxasin ash-sharia (arab. محاسن الشريعة‎)
  • Sharx ar-Risala (arab. شرح الرسالة‎)
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit