Alibekov Sergey Arifovich


683

Tug‘ilgan sana: 1956 May 16
Tug‘ilgan joyi: Namangan viloyati
Yo‘nalishlar: Rassomlar, Rejissyorlar, Yozuvchilar

Alibekov Sergey Arifovich ( Uzbekistan, Qosonsoy, Namangan vil. 16 may 1956 y tug‘ilgan,) — o‘zbek multiplikatori: rejissyor, stsenarist va rassom.

Qirg‘iz davlat rassomchilik oliygohida haykaltaroshlik bo‘limini tamomlagan. 1977-1979 yillar davomida Toshkent teatr-rassomchilik institutida ta’lim olgan.

1983yildan beri SSSR rassomchilar uyushmasi a’zosi, xamda 1984yildan Kinematograflar uyushmasi a’zosi hisoblanadi. 1984 yildan animatsion va o‘yin kinolar yaratishda, rejisser, rassom va stsenariy muallifi sifatida “O‘zbekfilm” bilan hamkorlikda ishlagan.

Xalqaro rassomchilik biyennali va animatsion festivallarda bir necha marta g‘olibi.

2003 yildan boshlab Rossiyada istiqomat qiladi.

Filmografiya

  • 1984 y - “Yoqimli yomg‘ir kutilmoqda” animatsion film. O‘zbekfilm.
  • 1985 y - “Oltin barg” animatsion film. O‘zbekfilm.
  • 1986 y -“Xrizantema bog‘i” animatsion film. O‘zbekfilm.
  • 1987 y - “Veld” animatsion film. O‘zbekfilm.
  • 1988 y -“Pauza” animatsion film. O‘zbekfilm.
  • 1990 y -“Ip” animatsion film. O‘zbekfilm.
  • 1991 y -“Botqoqda” animatsion film. O‘zbekfilm.
  • 2003 y - “Exogramma” animatsion film. O‘zbekfilm.
  • 2005 y - “Turetskiy Gambit” studiya “TRITE” maxsuloti
  • 2005 y - “Imperiya o‘limi” animatsion film. O‘zbekfilm.
  • 2007 y - “Mongol” animatsion film. O‘zbekfilm.
  • 2007 y - “1612” animatsion film. O‘zbekfilm.
  • 2009 y - “Masterlar kitobi” studiya “TRITE” maxsuloti
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit