Alimov Anvar Valiyevich


856

Tug‘ilgan sana: 1955 Iyun 19
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Shifokorlar

Anvar Valiyevich Alimov (1955 y. 19 iyun) -2012 yil 9 avgustdan beri O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri. 2012 yildan O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi a’zosi hisoblanadi.

Anvar Valiyevich Alimov Toshkentda 1955 yili 19 iyun kuni tavallud topgan. 1978 yili O‘rtaOsiyo Pediatriya institutinining yosh bolalar anesteziolog-reanimatologi mutaxassisligi bo‘limini tamomlagan. Anvar Valiyevich Professor va tibbiyot fanlari doktori maqomiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 7 avgustdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni-saqlash vaziri etib tayinlangan.

Karera

  • 1978—1987 yillar —yosh bolalar xirurgiyasi anesteziologiya-renimatologiya kursida kafedra assistenti, bosh laborant, klinik ordinator bo‘lib faoliyat olib borgan.
  • 1981 —yili fan nomzodligini himoya qilgan.
  • 1987—1993 yillarda esa —Toshkent tibbiyot xodimlari malakasini oshirish institutida assistent, dotsent, pediatriya fakultetida dekan bo‘lib ishlagan.
  • 1993—1994 yillarda — Uzbekiston Respublikasi Soglikni saklash vazirligi onalik va bolalikni ximoya kilish bosh boshkarmasi boshlig‘i.
  • 1994 yilda —doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
  • 1994—1999 yillarda —O‘zbekiston Respublikasi Prezident Apparatida mas’ul kotib.
  • 1999—2009 yillarda -Toshkent tibbiyot pediatriya instituti rektori lavozimida ishlagan.
  • 2009—2012 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 7 avgustdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni-saqlash vaziri etib tayinlangan. 
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit