Alimxodjaev Kamoliddin Тillaxodjaevich


471

Tug‘ilgan sana: 1945 Oktyabr 15
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Matematiklar, Fiziklar

Tug‘ilgan sana: 15.10.1945 yil
Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri

Yo‘nalishlar: Yangi elektr mashinalari va vibratsion motorlarini yaratish, elektromexanik qurilmalarnini raqamli-dasturiy boshqarish, yirik quvvatli shamol elektr stantsiyalarini yaratish va tarmoqqa parallel ulash.

Alimxodjayev KamoliddinTillaxodjayevich 15 oktabr 1945 yildaToshkent shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. 1953 yilda Toshkent shahridagi 8 yillik 53-son o‘rta maktabga o‘qishga borib, uning 8-sinfini 1961 yilda tugatgan, shu yili 1-son kechki ishchi-yoshlar maktabida o‘qidi va uni 1963 yilda tugatdi. Shu yili Toshkent Politexnika institutining energetika fakultetiga o‘qishga kirib, 1968 yilda “Elektr mashinalari” mutaxassisligini tamomladi.

O‘z mehnat faoliyatini 1961 yili “Yulduz” tikuvchilir firmasida mexanik lavozimidan boshlagan. 1968 yilda Toshkent Politexnika institutini tamomlagach, “Elektr mashinalari” kafedrasida assistent lavozimida ishga olib qolindi. 1970-71 yillarda Sovet armiyasi safida xizmatda bo‘ldi. 1971-1976 yillarda Toshkent Politexnika instituti (keyinchalik Toshkent davlat texnika universiteti)da “Elektr mashinalari” kafedrasida assistent, 1976-1982 yillarda katta o‘qituvchi, 1982-2000 yillarda dotsent lavozimlarida, shumuddatda energetika fakulteti dekanining ilmiy ishlar bo‘yicha muovini lavozimida o‘rindoshlik asosida ishladi.

1982 yilda 05.09.01 - “Elektr mashinalari” mutaxassisligi bo‘yicha “Chastotali boshqariluvchi elektromagnit vibratsion motorlar tadqiqoti” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va shu mutaxassislik bo‘yicha texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasi diplomini oldi. 1984 yilda “Elektr mashinalari” kafedrasi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni attestatini oldi. 2004 yilda 05.09.01 - “Elektr mashinalari” mutaxassisligi bo‘yicha “Chastotali boshqariluvchi o‘zgaruvchan tokli vibratsion motorlar tadqiqoti”mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va 2005 yilda shu mutaxassislik bo‘yicha tehnika fanlari doktori ilmiy darajasi diplomini oldi.

2000-2006 yillarda “O‘zbekenergo” DAJ “Energetikaningrivojlanishi istiqbollari” boshqarmasida muhandis, yetakchimutaxassis, boshqarma boshlig‘ining muovini lavozimlarida ishladi. 2006-2014 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Elektr zanjirlar nazariyasi” (keyinchalik o‘zgargan nomi “Optik tolali liniyalari”) kafedrasida professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishladi. 2014-2015 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining “Energetika va avtomatika” instituti Ilmiy kotibi lavozimida ishladi.

2015 yildan Toshkent davlat texnika universitetida “Elektr mashinalari” kafedrasida professor lavozimida ishlab kelmoqda.

150 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan. Shulardan 15 ta mualliflik guvohnomalari va patentlar, 23 ilmiy ishlar hisobotlari, bir darslik (2 darslik nashriyotga topshirilgan), 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘zbekcha-ruscha atamalar lug‘ati (hammualliflikda) chop etilgan.

Uning ilmiy rahbarligida bittatexnika fanlari nomzodi dissertatsiyasi himoya qilindi. Ikki nafar yosh olim falsafa doktori dissertatsiyasini yoqlash arafasida. Bittafan doktori va ikkitafan nomzodi dissertatsiyalariga rasmiy opponent bo‘lgan.

Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Energetika va avtomatika” institutining 05.05.02 - elektrotexnika. Elektr energiya stantsiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar, Olmaota (Qozog‘iston Respublikasi) energetika va aloqa universitetining 05.09.01 - “Elektr mashinalari” mutaxassisliklari bo‘yicha bir martali Ilmiy kengash a’zosi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit