Alixo'jayev O'lmas


3249

Tug‘ilgan sana: 1941 Iyun 30
Vafot etgan sana: 2015 Sentyabr 25
Tug‘ilgan joyi: Urganch
Yo‘nalishlar: Aktyorlar

Taniqli o’zbek kinoaktyori. «O’zbekfilm», «O’zbektelefilm», «Tojikfilm» kinostudiyalarida suratga olingan o’ttizdan ortiq badiiy va televizion filьmlarda rollar ijro etgan. O’lmas Alixo’jaev «O’zbekiston xalq artisti» unvoni sohibi.

O’zbek kinoaktyori O’lmas Alixo’jaev 1941 yilda Xorazm viloyatining Urgench shahrida tug’ilgan. 1964 yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining aktyorlik fakultetini tugatgandan buyon «O’zbekfilьm» kinostudiyasida aktyor sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

O’lmas Aliho’jaev baxti kulgan aktyorlardan, u juda erta, talabalik davridayoq kinofilьmlarda rollar o’ynashga taklif etilgan va 1962 yilda «Abdulla Nabiev» badiiy filьmida Abdulla Nabiev obrazini yaratgan.

Bu yosh va kelajagi porloq aktyorning kinodagi birinchi roli va birinchi muvaffaqiyati edi. 

Yoqub Ahmedov «Furqat» badmiy filmida Furqat obrazi orqali keng madaniy jamoatchilikka qanday tez tanilgan bo’lsa, O’lmas Alixo’jaev ham Abdulla Nabiev obrazi orqali barchaning nazariga tushdi. Shundan beri kinoda faol qatnashib, «O’zbekfilьm», «O’zbektelefilьm», «Tojikfilьm» kinostudiyalarida suratga olingan o’ttizdan ortiq badiiy va televizion filьmlarda rollar ijro etdi. O’lmas Alixo’jaevning tarixiy va zamonaviy mavzudagi badiiy filьmlar: «Ulug’bek yulduzi»dagi Ali Qushchi, «O’tgan kunlar»dagi Otabek, «Shiddat»dagi Yodgor Hamidovich, «Olovli yo’llar»dagi Hamza, «Tojikfilьm» kinostudiyasida suratga olingan «Tinchlik davrida»gi G’ulom Ahmedov kabi qator obrazlari aktyorning ko’p yillik izchil va samarali mehnatining mahsulidir.

O’lmas Alixo’jaev deganda muxlislar nafaqat Abdulla Nabievni, «O’tgan kunlar» badiiy filmidagi Otabekni ham tasavvur etishadi. Muxlislar nazarida bu obrazlar O’lmas Alixo’jaevga atab yozilgandek, faqat O’lmas Alixo’jaev ijro etishi kerakdek tuyuladi. Aktyorning iste’dodiga bundan ortiq mehr va baho bo’lishi mumkinmi?

«Olovli yo’llar» ko’p seriyali badiiy filьmda Hamzaning yoshlik yillaridan, to kamolotga erishgangacha bo’lgan davri aktyor ijrosida o’zining yorqin ifodasini topdi va shoirning adabiy, ijtimoiy-siyosiy faoliyati, insoniy fazilatlari katta bir tarixiy davr biografiyasi fonida ko’rsatildi. Ana shunday katta tarixiy davr voqealari ishtirokchisi obrazining butun murakkabligi bilan tadrijiy takomilini ko’rsatishdek muhim vazifani U.Alixo’jaev aniq va ishonchli tarzda ko’rsatish sharafiga muyassar bo’ldi.

O’zbek romanchiligiga asos solgan Abdulla Qodiriy asari asosida suratga olingan «O’tgan kunlar» badiiy filmini ham san’at muxlislari juda yaxshi qabul qildi va bu ekran asari ham o’zbek kino san’ati tarixida yorqin sahifa bo’ldi.

«O’tgan kunlar» filmida romantik ko’tarinkilik, ayniqsa, bosh qahramonlar — Otabek va Qumush obrazlarini, ularning o’zaro munosabatlarini tasvirlashda juda katta mahorat talab etilganki, U. Alixo’jaev Otabek xarakteridagi shu ro-mantik ko’tarinkilikni ko’rsatishga.alohida e’tibor berdi va ekranda mard, jasur, aqlli va chin sevgisiga sadoqatli inson obrazini katta joziba bilan qoyil-maqom qilib yaratdiki, tomoshabin Otabek — O’.Alixo’jaevni sevib, unga havas va taqlid qildi.

Shuning uchun ham Otabek obrazi aktyorni san’at muxlislariga yaqindan tanitdi, unga shuhrat keltirdi, uning ijodiy biografiyasida yorqin sahifa, o’chmas yulduz bo’lib qoldi.

Iste’dodli kino aktyori O’lmas Alixo’jaev «O’zbekiston xalq artisti» unvoni bilan taqdirlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit