Aliyev Magomed-Ali Radjov-Gadjiyevich


751

Tug‘ilgan sana: 1949 Noyabr 6
Tug‘ilgan joyi: Dog‘iston
Yo‘nalishlar: Haykaltaroshlar

Magomed-Ali Radjov-Gadjiyevich Aliyev (1949 y 6 noyabr)-o‘zbek haykaltaroshi,O‘zbekiston va ona yurti Dog‘iston shaharlarida faoliyat yuritadi.

1949 yilda 6 noyabrda Dog‘iston shahar, Lakskom tumani Chitur qishlog‘ida tavallud topgan. Yoshligida Dog‘istondagi M.Yunusilau xalq rassomi studiyasida ijod bilan shug‘ullangan. 1976 yili Dog‘iston rassomchilik uchilishini tugatgan. Uylanib O‘zbekistonda Navoiy viloyatiga ko‘chib keladi. U yerda “Farxod” madaniyat uyini boshqargan, bolalarni xaykaltaroshlik, kulolchilik, naqqoshlikka o‘rgatgan.

Haykaltarosh sifatida mashhurlikka erishadi. Uning ishlari O‘zbekiston tarixiy shaxslari, Amir Temur, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Sobir Raximov kabi haykallar bugun shahrimizni bezab turibdi, bundan tashqari shaxrimizning boshqa tumanlari uchun ham birgina Amir Temurning 20dan ortiq xaykali yasab tarqatgan. Ona shahri dog‘istonda u Parti Patima,Gasan-Guseyn Kamalov, Guseyn Kushayev, Mirzabekov, Nariman Aliyev, Abduraxman Daniyalov (2008), Rasul Gamzatov (Maxachkala, 2010), Magomed-Salam Umaxanov, Amet-Xan Sultan (Maxachkala) kabi yodgorliklar muallifiga aylangan. Bundan tashqari Amet-Xanu Sultan yodgorligi Yaroslavlda (2010), Rasul Gamzatov (2011) uchun ham Moskva shahrida yodgorlik yaratishni rejalashtirgan edi.

O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi vernisajlarida, Shvetsiya, Meksika, Kanada, AQSh kabi xalqaro ko‘rgazmalarda bir necha marta o‘zining ishlari bn qatnashgan. O‘zbekiston hunarmandchilik san’ati muzeyida ham uning bir necha mualliflik ishlari bor.

  • O‘zbekiston rassomchilik akademiyasi a’zosi
  • O‘zbekiston rassomchilik akademiyasining kumush medali(1999) va “do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘lgan (2001).
  • Dog‘istonning xizmat ko‘rsatgan rassomi (2005).
  • "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit