Aliyeva Iroda Mirzaxonovna


631

Tug‘ilgan sana: 1929 Dekabr 17
Vafot etgan sana: 1989 Iyul 7
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Aktyorlar

Iroda Mirzaxonovna Aliyeva (17 dekabrya 1929 — 7 iyulya 1989 goda, Tashkent) — o‘zbek kino va teatr aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti.

Biografiya

Iroda Aliyeva 1929 yili 17 dekabrda Toshkentda dunyoga kelgan. A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutini tugatgan. 1951 yili Xalq artisti Sora Ishanto‘rayeva boshchiligidagi Xamza nomli Toshkent drammatik teatrida aktrisa bo‘lib ishlagan. Ilk roli I.Popovning “Oila” pesasiga ishlangan spektaklda Olya Ulyanova obrazi edi.

Boshqa rollariga A.Qahhorning “Kasalmand tish” komediyasida -Nasiba, O.Yoqubovning “Chin muhabbat”da -Muqaddas, N.Hikmatning “Muhabbat haqida afsona”sida -Shirin, M.Dib ning “Aljir mening shahrim”da -Maryam va boshqalar. 1960-70yillarda o‘zbek san’atida yirik aktrisaga aylanib, Chingiz Aytmatovning “Yolg‘iz go‘zal” spektaklida Asal obrazini yaratadi, Uyg‘uning “Parvona” sida Nazokat kabi mashhur obrazlarni yaratishga sazovor bo‘ladi. Uning obrazlari o‘zining nazokatliligi, yorqinligi. Chin yurakdan shu obrazga aylana olish mahorati bilan ajralib turardi va o‘zbek teatri san’atida o‘ziga xos o‘ringa ega edi.

1967 yili u O‘zbekiston xalq artisti nomiga musharraf bo‘ladi.

1970 yili O‘zbekfilm studiyasi tomonidan sur’atga olingan bir necha filmlarda rollar ijro etgan. “Akmal, drakon va malika” (1981) filmida- Yalmog‘iz kampir, “Akmalning yangi sarguzashtlari”(1983), “Yolg‘izning yolg‘izi” (1974), “XX asr qaroqchilari” (1979), “Dononing yoshligi” (1982) kabi filmlarda epizodik rollarni yaratgan. Beqiyos ovoz sohibi bo‘lgan, nafaqat aktrisa balki o‘zbek dublyajlarida ham faol qatnashib kelgan.

1989 yil 7 iyul kuni Toshkentda olamdan o‘tgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit