Allayev Qaxramon Raximovich


332

Tug‘ilgan sana: 1945 Avgust 26
Tug‘ilgan joyi: Xorazm viloyati
Yo‘nalishlar: Matematiklar, Fiziklar

Tug‘ilgan sana: 1945 avgust 26
Tug‘ilgan joyi: Xorazm viloyati
Yo‘nalishlar: Gidroenergetik qurilmalari

1945 yil 26 avgustda Xorazm viloyatida tavallud topgan. Millati - o‘zbek.
1963 yilda Moskva energetika institutining «Gidroyenergetika va elektromexanika» ixtisosligi bo‘yicha injener-elektrik mutaxassisligini egallagan.
1979 yilda «Analiz perexodnix rejimov elektricheskix sistem s asinxronnimi turbogeneratorami» mavzuida nomzodlik, 1991 yilda «Povisheniye effektivnosti elektricheskix sistem vnedreniyem krupnix asinxronnix turbogeneratorov» mavzuida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.
Texnika fanlari doktori, professor. Xalqaro elektrotexnika fanlari akademigi. U yoshlarni tarbiyalashda ko‘rsatgan xizmatlari uchun «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. U «Beruniy» Yoshlar akademiyasini va shu akademiyaning «Texnika yulduzlari», «Ta’lim tizimida ijtimoiy gumanitar fanlar», «Energiya va resurs tejash muammolari» jurnallarini tashkil etishda faol qatnashgan. Hozirgi kunda «Energiya va resurs tejash muammolari» jurnalining bosh muharriridir.
U 1969 yildan Toshkent politexnika instituti energetika fakultetining «Elektr tizimlari» kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti, 1979 yilda energetika fakulteti dekani muovini, 1986 yildan shu fakultet dekani. 1992 yildan Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, 1-prorektori bo‘lib ishlagan. 1994 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari, 2001 yildan Toshkent davlat texnika universiteti rektori va hozirgi kunda «Elektr stantsiyalari, tarmoqlari va tizimlari» kafedrasi professori bo‘lib ishlamoqda. U Respublika va MDH bo‘yicha elektr tizimlarida asinxron turbogeneratorlardan samarali foydalanish maktabining asoschisidir. Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi «Elektr stantsiyalari va elektr energetika tizimlarini boshqarish» ixtisosligi bo‘yicha Ixtisoslashgan kengash a’zosi. Uning rahbarligida 18 ta fan nomzodi va 5 ta fan doktori tayyorlangan.
Professor Q.R.Allayev O‘zbekiston Respublikasi energetikasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan olim, yetuk pedagog, ilmiy faoliyati davomida 130 dan ortiq ilmiy maqola, 10 tadan ortiq o‘quv-uslubiy ishlari va 8 ta monografiyalarning muallifi hisoblanadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit