Almatinskaya Anna Vladimirovna


704

Tug‘ilgan sana: 1883 Yanvar 13
Vafot etgan sana: 1973 Avgust 30
Tug‘ilgan joyi: -
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar, Tarjimonlar

Almatínskaya Ánna Vladímirovna (1 dekabrya 1882 [13 yanvarya 1883] — 30 avgusta 1973, Tashkent) — rus yozuvchisi, tarjimon. «Alma-atinskaya» — uning adabiy taxallusi. O‘zining familiyasi — Drjevítskaya, turmush qurgandan so‘ng olgan familiyasi — Pankráteva.

Anna Almatinskaya Toshkent yozuvchilar uyushmasining tashkilotchisi hisoblanadi. U 1902 yilda chop etilishni boshladi.

Almatinskayaning eng mashhur ijod namunalaridan biri - “Gnyot” (Mog‘or) romani 3ta kitobdan iborat asari hisoblanadi, qaysiki deyarli chorak asr davomida shu asar ustida ishlagan, o‘zida Turkistonning revolyutsiyaga qadar davri yorqin tasvirlangan, bundan tashqari 1905-1907 yillar va 1917 yilda O‘rta Osiyodagi revolyutsiya tafsilotlari keltirilgan.

U proza va she’riy to‘plamlar: «Yo‘l yoqasidagi o‘tlar» (1927), “Quyoshga qasam”, “O‘limni yengib” hikoyalari va “O‘tgan xotiralar” (1971) asarlari muallifi.

Bundan tashqari Anna Almatinskaya o‘zbekchadan russchaga Asqad Muxtor, Said Nazar va boshqa o‘zbek yozuvchilarning asarlarini tarjima qilgan.

Anna Almatinskaya Toshkentda yashab, olamdan o‘tgan. U Toshkentdagi Botkina qabristoniga dafn etilgan. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit