Alpanov Ruslan


430

Tug‘ilgan sana: 1988 yil
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

RUSLAN ALPANOV - 1988 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Ruslan og‘ir atletikadagi ilk qadamlarini o‘zining qadrdon qishlog‘ida tashlagan. Yuqori Chirchiq tumanidagi Yik Ota qishlog‘idagi mo‘’jazgina og‘ir atletika zalidan o‘tgan yillar davomida o‘nlab mahoratli sportchilar yetishib chiqqan. Fidoyi mutaxassis, “Do‘stlik” ordeni sohibi Leonid Kim Alpanovning birinchi murabbiyi hisoblanadi. Favqulodda chaqqon, chayir yigitchaning kelajagini ko‘ra olgan murabbiy avvalboshdan u bilan alohida shug‘ullana boshladi. Natijalar esa uzoq kuttirmadi. Yengil vaznli Ruslan tez orada mamlakatimizning yetakchi og‘ir atletikachilaridan biriga aylandi. Keyinchalik ROZKda mahoratini oshirgan sportchimiz qit’a miqyosidagi turli darajadagi musobaqalarda ko‘p bor shohsupaga ko‘tarilgan. 2005-2008 yillar davomida Tailand, Koreya, Xitoy, Indoneziya davlatlarida bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiliklari va kuboklarida barcha mashqlar bo‘yicha, dast va siltab ko‘tarish hamda iikikurashda shohsupaga ko‘tarilgan. 2009 yildan boshlab Alpanov kattalar o‘rtasidagi musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilib keldi. So‘nggi 2 ta jahon chempionatida u sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bora olmadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit