An Mixail Ivanovich


905

Tug‘ilgan sana: 1952 Noyabr 19
Vafot etgan sana: 1979 Avgust 11
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Mixail Ivanovich An 1952 yil 19 noyabrda Toshkent viloyati sobiq Ya.M.Sverdlova kolxozida tug‘ilgan. Sobiq ittifoq futbolchisi, yarim himoyachisi. Sobiq SSR xalqaro sport ustasi.

Akasi Dmitriy singari u ham Sverdlova kolxozi bolalar futbol guruhi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan. Uning birinchi ustozi N. A. Kim va A. S. Lyanlar bo‘lgan. Mixail 1968 yili G. Titova nomidagi Toshkent sport internat maktabiga o‘qishga qabul qilinadi. O‘zining karerasini Toshkent viloyati futbol klubi “Politotdel”da boshlab, 1971 yili chempionatning ikkinchi aylanasidan boshlab “Paxtakor” klubida o‘ynashni boshlaydi.

Mixail Anni barcha o‘zbek futbolining yorqin vakillaridan deb atashardi. U bu sharafga o‘zining yuqori texnikasi, komandada o‘ynash, kuchli va aniq to‘p o‘rarligi evaziga erishgan.

U hayoti davomida 138 marta maydonga tushib, 30 marta raqiblar darvozasiga to‘p kiritgan. 1974-1978 yillar mobaynida SSSRning eng kuchli 33 futbolchilar ichida u 3 o‘rinda turgan.

Mixa 1976 yilda SSSR yoshlar terma jamoasi sardori bo‘lgan va 2 marta chempionatda ishtirok etgan.

Mixail AN 26 yoshida “Paxtakor” komandasi bilan birgalikda aviahalokatda halok bo‘lgan.

U 2006 yili “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit