Andreyev Sergey Nikolayevich


576

Tug‘ilgan sana: 1970 Sentyabr 19
Tug‘ilgan joyi: O‘zbekiston
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Andreyev Sergey Nikolayevich 1970 yil 18 sentyabrda Toshkentda tug‘ilgan. O‘zbek futbolchisi, hujumchi.

Andreyev Sergey 1988-1989 yillarda SKA va SKA-RShVSM nomli o‘zbek futbol klublarida to‘p surgan. 1990 yili u bir qancha futbolchilar bilan birgalikda Angrenning “Shaxtyor” klubiga o‘tgan. O‘sha yillari “Shaxtyor” Klubi “Paxtakor” klubi bilan birgalikda Oliy ligaga chiqqan. 1991 yilda esa u Namanganning “Navbahor” klubi safida o‘ynab, shu yilga liga chempioniga aylangan.

Sergey 1992 yili Semferapolning “Tavriya” klubida o‘ynagan va bu klub shu yili Ukraina birinchi chempionati g‘olibi bo‘lib, oliy ligaga chiqqan edi.

U 1994 yildan boshlab “Navbahor” tarkibida O‘zbekiston kubogi oliy ligasida to‘p surgan.

1998 yilda Sergey o‘ynayotgan klub, BAAda “Krilev Sovetov” klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozonishgan. Shu yildan boshlab u Rossiyaning “Krilev” klubida uynashni boshlab, 1/16 finalgacha yetib borgan.

2002 yil sentyabr oyiga qadar u Irkutskning “Zvezda” futbol klubida o‘ynagan. U 2001-2003 yillar mobaynida Hindiston futbol klublarida faoliyatini davom ettirgan. 2003 yilda vatiniga qaytib o‘z karerasini tugatgan.

Murabbiylik faoliyatini 2006 yilda Toshkentning “Lokomativ” klubida boshlaydi va 2013 yilga kelib bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit