Arifov Ubay Arifovich


555

Tug‘ilgan sana: 1909 Iyun 15
Vafot etgan sana: 1976 Dekabr 24
Tug‘ilgan joyi: Qo‘qon
Yo‘nalishlar: Fiziklar

Ubay Arifovich Arifov (2 [15] iyun 1909yili, Qo‘qon — 24 dekabr 1976 yil, Toshkent) — sovet o‘zbek fizigi, O‘zFA akademigi (1956), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, O‘zbekiston fanlar akademiyasi prezidenti (23 yanvar 1962 yil — 26 fevral 1966 yil).

Tarjimai hol
1931 yili O‘zbek davlat pedagogika akademiyasini tamomladi. 1935-1941 yillari- O‘rta Osiyo universiteti assistenti.

1945-1956 va 1963-1967 yillari- O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti direktori, 1956-1962 yillari-O‘zbekiston Fanlar akademiyasi yader fizikasi instituti va 1966-1975 yillari-O‘zbekiston Fanlar akademiyasi elektronika instituti (1963 yildan-Toshkent politexnika instituti kafedrasi mudiri).

“O‘zbekiston SSR FA dokladlari” (1962-1966) va “Geliotexnika” (1965-1976) jurnallaribosh muharriri.

Ilmiy faoliyati
Asosiy ishlari fizik elektronika, qattiq jism yuzasi fizikasi, yader va radiatsion fizika, mass-spektrometriya va geliotexnikaga qaratilgan.

Tadqiq etgan
-metall yuzasida nostatsionar jarayonlar va ionizatsiya yuzasi va adsorbtsiya i desorbtsiya issiqligi koefitsentlarini aniqlash usullarini ishlab chiqqan;
-atom bo‘lakchalari bilan metall kristallari va plyonka tizimlarini bombardimon etishda elektron emissiyasi qonuniyati;
-qattiq jism yuzasi turli sinflari potentsial va kinetik elektron emissiyasi mexanizmlarini rivojlantirdi;
-changlatib sepiladigan yuzadan manfiy ionlar chiqarishni qattiq ko‘paytirish imkoniyatini aniqladi va manfiy ionlar changlatib sepilish manbaini ishlab chiqishga asos soldi;
-diametri 3 metrgacha bo‘lgan quyosh pechlarini, quysh fotoaylantiruvchi moslama (fotopreobrazovatel) larni, geliokontsentratorlar va boshqalarni ishlab chiqdi.

Mukofotlari

-O‘zbekiston SSRning A.R.Beruniy nomidagi Davlat mukofoti

Xotira
O‘zbekiston Respublikasi FA Elektronika instituti U.A.Arifov nomida edi (2012 yildan - O‘zbekiston Respublikasi FA ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti).

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit