Asadov Mirumar


2044

Tug‘ilgan sana: 1927 yil
Vafot etgan sana: 2010 yil
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Yo‘nalishlar: Me'morlar

Mirumar Asadov Samarqand ta'mirlash maktabining eng yorqin vakillaridan biri, mohir usta, O‘zbekiston Qahramoni, Oltin yulduz mukofoti sohibi. Mazkur yuksak mukofot shu insonning xizmati, iste'dodi tufayli Sharq uyg‘onish davrining mashhur me'moriy obidalarini jahonga tanitdi, bugungi kunda butun dunyodan kelgan sayyohlar bu obidalarni ko‘rib lol qolishi shundan dalolatdir.

Asadov Mirumar (1927, Samarqand sh.) — me'morlik yodgorliklarini ta'mirlovchi usta, O‘zbekiston Qahramoni (1996). Samarqand yodgorliklarni ta'mirlash bilim yurtini tugatgan(1941).

Tojikiston davlat universitetida o‘qigan (1962— 65). Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli opera va balet teatri binosi qurilishida (1947), Tojikistondagi qator yodgorliklarni ta'mirlashda ishtirok etgan (1950 — 55).

Mirumar Asadov 1927 yilda Samarqandda tug‘ildi. Uning kelajakdagi taqdiri belgilandek, 1939 yil milliy hunarmandchilik maktabiga asos solishga turtki bo‘ldi. Shuni ta'kidlash o‘rinliki, Sherdor madrasida o‘quv kurslari ochilgandi — sharq noyob me'moriy obidasi namunasi sifatida. O‘sha mahallari ta'mirlash ishlariga uning o‘g‘li Sodiq Asadov – Samarqand mumtoz ta'mirlash maktabining an'analarini olgan amaliyotchi ustalardan biri edi.

Mirumar Asadovning o‘zi usta avlodlar sulolasidan edi. Ana shu hunarmandchilik maktabiga uni buvasi olib kelgandi, mashhur usta, uni Abdulavaz oqsoqol deyishgan. Lekin taqdirning eng katta sovg‘asi Mirumar Asadovga ustoz sifatida Buxorodan kelgan taniqli me'moriy obidalar restavratori, usta Shirin Murodov tashrif buyurishi edi.

Uning g‘ayrioddiy iste'dodi va qobiliyati haqida dalil keltiradigan bo‘lsak, eng mas'uliyatli ishni Buxoro Amirining o‘zi topshirgan, sharq hukmdorlari odatda o‘zilarining nozik did va badiiy havasi bilan ajralib turardi. Ikkinchi jahon urushi boshlarida Moskvaga Samarqandga badiiy institut evakuatsiya qilingan. Bu o‘quv dargohni mutaxassislari bo‘lajak Samarqand restavratorlari ta'limini o‘rganishda ishtirok etdilar. Mirumar Asadovning xotiricha, u moskvalik mutaxassislaridan rassomchilik, chizmachilik bo‘yicha kerakli ta'limni oldi. Bu ma'lumotlar bo‘lajak usta uchun, shubhasiz, foydali va ahamiyatli edi. Lekin undagi amaliyot ko‘nikmalari va kasb sirlarini faqatgina usta Shirin Murodov ochdi.

O‘tgan asrning 40-yillarida Mirumar Asadov va bir qancha Samarqand qayta tiklash maktabi o‘quvchilari hamda usta Shirin Murodov bilan birgalikda Toshkentga borishadi, u yerda O‘zbekiston poytaxtining ahamiyatga ega bo‘lgan ikkita madaniy yodgorligini milliy usulda badiiy bezak berishida ishtirok etishgan. Bu yerda A.Navoiy va Muqimiy nomidagi musiqa va drama teatrini qayta tiklash haqida so‘z boryapti. 60-yillarga borib taqdir Mirumar Asadovni Dushanbega borishga majbur qildi. Mahalliy oqsoqollar bu samarqandlik odam restavrator ekanligini bilgach, uni eng ko‘zga ko‘ringan me'modiy obidasini tiklashni iltimos qilishdi. Mirumar Asadov Sadriddin Ayniy maqrabasi, Panjikentdagi Rudakiy maqbarasini qayta tiklashda ishtirok etdi.

Eng qizig‘i shundaki, Asadovdan ilgari bu me'moriy obidalarni Yevropa ustalari shug‘ullanishgandi. Ular, hattoki shu ishning mutaxassislari bo‘la turib, sharq nozik did va rangini ifodalashni bilishmasdi.

Mustaqillik yillarida u ko‘zga ko‘ringan me'moriy obida sanalgan Buxorodagi Bahouddin Naqshbandiy maqbarasini qayta tiklash ustida ishladi. Tamoman nurab tushgan va o‘z tarixiy ifodasini yo‘qotgan bu maqbarani hukumatning maxsus qaroriga ko‘ra qayta tiklandi. Bugungi kunda ushbu maqbara ma'naviyat o‘chog‘iga aylantirilib, bejirim bezak berilgan takrorlanmas sharq me'moriy obidasi sifatida tan olinishiga albatta usta me'mor Mirumar Asadovning xizmati katta.

Asadov Samarqand shahridagi Ulug‘bek madrasasi, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi, Tillakori Madrasa, shuningdek Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Bahouddin Naqshband maqbarasi, Toshkentdagi Yunusxon madrasasi va Qaldirg‘ochbiy maqbarasini ta'mirlashda qatnashgan.

Mirumar Asadovning bu ajoyib ishidan keyin deyarli barcha me'moriy obidalar hukumat qarori asosida qo‘l urdi. Uning bu qobiliyatini ganchkorlikda, naqsh va tosh yo‘nishda ko‘rish mumkin. Imom al-Buxoriy maqbarasi, Registon me'moriy obidasi, Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda me'moriy obidasi, Hazrat Hizr masjidini qayta ta'mirlashda o‘z hissasini qo‘shgan.

1996 yil O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov Farmoni bilan xalqimiz madaniyati va ma'naviy yodgorliklarini qayta tiklashda o‘z hissasini qo‘shgani uchun Mirumar Asadov O‘zbekiston Qahramoni nishoni topshirildi.

Asadov aka-ukalari Usta Mirusmon, Usta Mirsaidlar bilan birga tarixiy obidalarni ta'mirlovchi ustalar sulolasini tarbiyaladi. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit