Asqarov Ahmadali Asqarovich


2052

Tug‘ilgan sana: 1935 Sentyabr 25
Tug‘ilgan joyi: Namangan viloyati
Yo‘nalishlar: Tarixchilar, Arxeologlar

1935 yilning 25 sentyabrida Namangan viloyati, Uchtepa qishlog‘ida tavallud topgan. U arxeolog-tarixchi olim hisoblanadi

1957 yil Toshkent DavlatPedagogika institutini tugatgan. O‘zbekiston FA Arxeologiya institutida faoliyati davmida u ilmiy xodimdan institut direktori o‘rinbosari(1966 y.) lavozimlarida ishlagan. 1970-1980 yillar mobaynida shu institut direktori bo‘lib ishlagan. “Zarafshonning bronza davri” mavzusida fan nomzodi, 1977 yili esa “Bronza davrida O‘zbekistonning janubi” nomli doktorlik ishini yoqlagan.

U faoliyati davomida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutining direktori (1991-1995), Akademiyaning tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik bo‘limining akademik kotibi (1987-1992), hamda raisi (1994-1998) lavozimlarida ishlagan.

Asosiy ilmiy ishlari O‘rta Osiyoda saqlanib qolgan moddiy-madaniyat yodgorliklarini ochish va ularda arxeologik tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan O‘zbekiston tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan.

A.Asqarov - 450 dan ziyod ilmiy ishlar, shularning 50 dan ortig‘i chet tillarida, 16 monografiya, 1 ta darslik, 8 ta o‘quv-metodik qo‘llanma muallifi.

Erishgan yutuqlari

O‘zbekiston Respublikasi xalq deputati (1990-1995). Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985);

O‘zbekiston FA akademik (1987);

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1995).

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit