Atoyev Abbos Abdurazzoqovich


1633

Tug‘ilgan sana: 1986 Iyun 7
Tug‘ilgan joyi: Buxoro
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Abbos Abdurazzoqovich Atoyev 1986-yil 7-iyun kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tugʻildi. 2008-yil Buxoro Davlat Universitetini tamomlagan.

2004-yilda Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar orasida jahon chempionatida bronza medali sovrindori, 2004-yilda Turkiyada boʻlib oʻtgan talabalar orasida jahon chempionatida kumush medali sovrindori.

2007-yilda Moʻgʻulistonda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida, 2007-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2005-2012-yillar mobaynida Qozogʻiston, Ukraina, Chernogoriya, Xitoy Taypey, Turkiya, Finlyandiya davlatlarida boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqalarda oltin medallarni qoʻlga kiritgan. Rossiya, Bolgariya, Germaniya, Armanistonda boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqalar sovrindori.

2009-yil Italiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2010-yilning 13-16 noyabr kunlari Xitoyning Guanchjou shahrida XVI-Osiyo oʻyinlarida 2-oʻrinni egalladi

2012-yil Qozogʻistonning Osiyo Olimpiya saralash musobaqasida oltin medal sohibiga aylandi va shu bilan London Olimpiyadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

2012-yilda Angliyaning London shahrida oʻtkazilgan XXX Olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Mehnat faoliyati

2004-2008 - Buxoro davlat universiteti talabasi

2004-2009 - Buxoro viloyati 2-son iqtisoslashtirilgan bolalar olimpiya zahiralari sport maktabida boks boʻyicha murabbiy

2009-h.v. - Markaziy harbiy sport klubida harbiy xizmatchi


Mukofotlangan

Boks boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi.

2005-yil „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni

2007-yil „El-yurt hurmati“ ordeni

2009-yil „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni

2012-yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit