Avloniy Abdulla


3557

Tug‘ilgan sana: 1878 Iyul 12
Vafot etgan sana: 1934 Avgust 24
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

Abdulla Avloniy -ma’rifatparvar, jurnalist, davlat va jamoat arbobi. To‘quvchi oilasida tug‘ilgan.

Maktabxona va madrasada o‘qigan (1885—95). 1906 yildan she’rlari bilan matbuotda qatnasha boshlagan. Arab, fors, rus tillarini o‘rganib, bu tillarda ijod qilgan mutafakkirlarning asarlarini o‘qigan, ba’zilari (mas, L. Tolstoy, K. D. Ushinskiy asarlari)ni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1906 y. «Taraqqiy», 1907 y. o‘z uyida (Toshkentda) «Shuhrat» gazetalarini chiqargan. Bu gazetalar yopib qo‘yilgach, 1908 y. yashirin ravishda«Osiyo» gazetasini nashr etdi. 6-sonidan so‘ng hukumat bu gazetani ham taqiqlab qo‘ygan. Shundan so‘ng Avloniy ilg‘or g‘oyalarni maktab orqali xalqqa tarqatishga harakat qildi: Toshkent shaharning Mirobod mahallasida mahalliy aholi bolalari uchun yangi usul maktabi ochib (1908), o‘zi ona tili va adabiyotdan daryo berdi.

1909 y. «Jamiyati xayriya» tuzib, yetim bolalarni o‘qitgan. Shundan keyin Avloniy Toshkentning Degrez mahallasida ikki sinfli maktab ochgan (1912). Bu maktabda dunyoviy fanlar o‘qitilishi bilan maktabxonalardan farq qilgan. Avloniy yangi maktablar uchun ko‘llanma va o‘qish kitoblar yozib, nashr qildirgan [mas, «Birinchi muallim», 1911; «Ikkinchi muallim», 1912; «Turkiy guli-ston yoxud axloq», 1913; 4 juzd(qism)li «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» to‘plami, 1909—15; «Maktab gulistoni», 1915; «Mardikorlar ashuvlasi», 1917 va b.]. Munavvarqori, Muhammadjon Podshoxo‘jayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xo‘jayev, Shokirjon Rahimiy kabi taraqqiychilar bilan birgalikda «Nashriyot» (1914), «Maktab» (1916) shirkatlarini tashkil etgan.

Avloniy xalq ongini oshirish uchun teatr san’atidan ham foydalangan. U 1913 yilda «Turkiston» nomli teatr truppasini tashkil etishda va uning ishida faol qatnashgan. 1910—16 yillarda bir qancha sahna asarlarini tarjima qildi va o‘zi sahnalashtirdi. Avloniyning sahna asarlari Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Qo‘qon, Xo‘jand kabi shaharlarda ko‘yilgan. Bu asarlarda 20-a. boshlaridagi Turkiston hayotining keng manzaralari o‘z ifodasini topgan.

Avloniy truppasida Mannon Uygur tarbiya topgan; truppa b-n Hamza, Ozar-bayjon dramaturglari Uzayr Hojibekov, S. Ruhullo hamkorlikda bo‘lgan. Oktyabr to‘ntarishidan keyin xalqqa va’da qilingan erkinlikning berilmaganligi shoir ijodida tushkunlikning paydo bo‘lishiga olib keldi («Xafalik soatda» she’ri, 1919). Avloniy 1917 yilda «Turon» gazetani nashr qildi. Gazetada siyosiy va ijtimoiy voqealar yoritilgan. 1918 y. Avloniy «Ishtirokiyun» gazetani tashkil etishda qatnashdi va uning muharriri bo‘ldi.

1919—20 yillarda Sho‘ro hukumatining Afg‘onistondagi siyosiy vakili va konsuli. «Kasabachilik harakati» jur. Bosh muharriri (1921).1921 yildan Avloniy maktablar ochish, xalqni savodxon qilish, o‘zbek xotin-qizlarini o‘qitish, o‘qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash ishlari bilan shug‘ullandi. U Eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari (inproslar)da mudir (1923—24), Toshkent harbiy maktabida o‘qituvchi (1924—29). 1930—34 yillarda O‘rta Osiyo universiteti til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor.

Shu davrda u o‘zbek maktablarining 7 sinfi uchun «Adabiyot xrestomatiyasi» tuzib, nashr ettirdi (1933). Avloniy Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chig‘aboy, Abdulhaq taxalluslari b-n tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 miyeradan ortiq she’r ijod qilgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit