Axmedov Umidjon


1198

Tug‘ilgan sana: 1978 Avgust 1
Tug‘ilgan joyi: Farg'ona
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1978 yilning 1 avgustida Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Armrestling bo‘yicha uch karra jahon chempioni. "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni bilan takdirlangan. 2000 yilda AQShda bo‘lib o‘tgan navbatdagi jahon chempionatida Umidjon Ahmedovga teng keladigan raqib topilmadi.

Tarjimai hol

Bolaligida Umidjonning oyoklari xastalangan. Har qancha davolanmasin, butkul sog‘ayib ketmadi. Lekin u tushkunlikka tushmadi, maktabni bitirgach, kompyuter kursiga kirib o‘qidi, so‘ng Sirdaryo davlat universitetida kompyuter operatori bo‘lib ishlay boshladi. Ayni paytda sportning armrestling turi bilan mashg‘up bo‘ldi. Unga bu soha sirlarini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Qurbon Konishev qunt bilan o‘rgatdi.

Mamlakat miqyosidagi musobaqalarda o‘zini ko‘rsatgan Umidjon Ahmedov 1997 yili Hindistonda o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu muvaffaqiyat unga kuch va ruh bag‘ishladi. 1998 yili Qohirada bo‘lib o‘tgan navbatdagi jahon chempionatida u g‘olib chikdi.

1999 yili Rossiyaning Vladikavkaz shahrida bo‘lib o‘tgan XX jahon chempionatida Umidjon biri biridan qiyin sakkiz uchrashuvda g‘alaba qozondi va jahon chempioni degan yuksak unvonga munosib ekanini ikkinchi bor isbotladi. 2000 yilda esa AQShda bo‘lib o‘tgan navbatdagi jahon chempionatida yana Umidjon Ahmedovga teng keladigan raqib topilmadi.

Kelajakka umid va ishonch bilan qarash, inson irodasi qudratini namoyish etish Umidjon Ahmedovning yangidan-yangi g‘alabalariga zamin yaratmokda

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit