Aybergenov Tolegen


834

Tug‘ilgan sana: 1937 Mart 8
Vafot etgan sana: 1967 Iyul 29
Tug‘ilgan joyi: Qoraqalpogʻiston
Yo‘nalishlar: Tarixchilar, Shoirlar, Adabiyotshunoslar

Aybergenov, Tolegen (qozoqcha Tөlegen Aybergenov) 1937 yil 8 mart kuni Qoroqolpog‘istoda dunyoga kelgan. Qozoq adabiyotshunosi, shoiri, olimi, tarixchisi va o‘qituvchisi.

Biografiya

Tolegen Aybergenov 1937 yil 8 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘iolt tumanida kolxozchi oilasida dunyoga kelgan. O‘rta maktabni bitirgach, Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetiga o‘qishga topshirgan va 1959 yil tamomlagan.

Institutda o‘qiishni tamomlagach, u ona qishlog‘iga qaytadi va rus tili hamda ona tili tarixi fanlaridan dars berishni boshlaydi.

1962-1965 yillarda Sariagashs tumani , xozirgi Janubiy-Qozog‘iston tumanida ishchi yoshlar maktabida direktolik lavozimida ishlaydi.

Tolegen Aybergenov 1967 yil 29 avgust kuni Nukusda olamdan o‘tgan. Tolegen Aybergenovni so‘nggi manzilga kuzatish uchun ancha yillik do‘sti Mukagali Makatayev uchib kelgan.

Faoliyati

Tolegen Aybergenovning ilk shrlari 1957 yili bosmada paydo bo‘la boshladi. Ilk kitobi «Arman sapari» («Orzu yo‘li») 1963 yili dunyoni ko‘rgan. Undan keyin 1965 yili uning ikkinchi kitobi — «Өmіrge sayaxat» («Hayotga sayohat») chiqqan. Shoirning uchinchi kitobi «Qұmdag‘i mұnaralar» («Qumdagi minoralar») katobi dunyo yuzini shoirning o‘limidan bir yildan keyin 1968 yili ko‘rgan. Ijodkorning tanlangan asarlari esa 1987 yil rus tilida «Mir sozvezdiya» (Yulduzlar turkumi) nomi ostida bosib chiqarilgan. Mazkur asari uchun T. Aybergenov o‘limidan so‘ng 1974 yili adabiyot, san’at va arxitektura yo‘nalishlarida Qozog‘istoning Lenin komsomoli mukofotiga loyiq deb topilgan.

T. Aybergenov hayot vaqti bor-yo‘g‘i ikki dona she’riy to‘plamini bosmadan chiqarishga ulgurgan, lekin ushbu ajoyib shoirning yorqin va o‘ziga xos ijodi zamonaviy Qozog‘iston she’riyatida chuqur iz qoldirgan. T. Aybergenov nima haqida yozmasin, vaqt haqida bo‘ladimi, o‘zi haqidami, boylik to‘g‘risidagi yoki ona yurtining go‘zalligi to‘g‘risida, yuqori insoniy intilishlar haqidami — u barcha mavzuda to‘g‘riso‘z va samimiydir.

Aybergenov qozoq she’riyatini sifatli darajaga ko‘targan shoir-novator arboblari qatoridan joy egallaydi. Aybergenov bir qator shoirlar avlodini tarbiyalagan bo‘lib, ular sirasiga Muxtar Shaxanov, Yesengali Raushanov, Fariza Ongarsinovalarni kiritish mumkin. Aybergenov mashhur qozoq bastakori Shamshi Kaldayakovim bilib do‘stlashgan. 1965 yili Tolegen Aybergenov va Shamshi Kaldayakov Mangishlakga yo‘l olishadi va u yerda "Ak yerke - Akjayk" qo‘shig‘i yaraladi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit