Ayzenshteyn Ishiya Abramovich


586

Tug‘ilgan sana: 1905 Dekabr 22
Vafot etgan sana: 1986 Dekabr 17
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Me'morlar

Ishiya (Aleksandr) Abramovich Ayzenshteyn (1905 yil 22 dekabr — 1986 yil 17 dekabr) — Toshkentning sharafli fuqarosi, shahar timsoliga aylangan Kurant soatining qurilishi tashabbuskori. A. Ayzenshteyn 1945 yil Ikkinchi Jahon Urushida o‘zining xizmatini yakunlar ekan, Kurant soatining mexanizmini Sharqiy Prussiyadagi Allenshtayn nomli kichik shaharchadan olib kelgan. U ozgina urilgan soat mexanizmini qulash havfi tug‘ilgan bino ratushnasidan yechib olgan.

Keyinchalik o‘z polki nomidan serjant I. A. Ayzenshteyn mexanizmni tuzatib, Toshkent shahriga had’ya etgan.

I. A. Ayzenshteyn Toshkent shahrida olamdan o‘tgan va Botkina qabristoniga ko‘milgan.

Shahar me’moriy soat binosi loyihalari o‘rtasida shahar boshqarmasi tanlov o‘tkazgan va unda eng yaxshi loyiha tanlab olindi, u vaqtlar 30 metrlik me’moriy bino noyob sanalgan. Kurant binosi o‘ymalari mashhur ganch ustasi, atoqli rassom-naqqosh, Fanlar akademiyasi fahriy a’zosi usta Shirin Muradov tomonidan bajarilgan. 1947 yil 9 may kuni Toshkentdagi kurant soati ko‘rsatgichlari ishga tushdi. Kurant soati binosiga I. A. Ayzenshteyna nomi yozilgan marmardan yasalgan taxtacha o‘rnatilgan.

Natijada, mohir soatkashga aylanib, I. A. Ayzenshteyna juda ko‘p yillar davomida toshkent kuranti mexanizmini boshqargan, shuningdek, 1966 yilgi yer qimirlashidan keyin ushbu soat tiklanishida faol ishtirok etgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit