A'zamov G‘ani


3032

Tug‘ilgan sana: 1909 yil
Vafot etgan sana: 2001 yil
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Aktyorlar

1909 yilda Toshkentda tug‘ilgan mashhur o‘zbek teatr va kino aktyori G‘ani A'zamov o‘zining aktyorlik faoliyatini, 1930 yildan Hamza nomidagi Akademik drama teatrida, ommaviy sahnalarda kichik epizodik rollarni ijro etish bilan boshlagan. Uning teatr san'atidagi dastlabki muvaffaqiyati Uyg‘unning «Qaltis hazil» komediyasidagi Mamarasul roli bo‘lib, bu rol unga katta obro‘ olib keldi.

Eng qizig‘i, G‘ani A'zamov aktyor bo‘lishidan oldin tramvay haydovchisi kasbida ishlagan. U hech qanaday bilim yurtida o‘qimagan. Ommaviy sahnalarda kichik epizodik rollarni ijro etib yurib, san'atga qiziqishi asta-sekin ortib borgan.

Aktyor 60 yillik ijodiy faoliyati mobaynida ustozlardan o‘rganish, muttasil o‘z ustida tinmay ishlash va ijodiy izlanish natijasida yuzdan ortiq mukammal obrazlar yaratib, tomoshabinlarning mehriga sazovor bo‘lib, o‘zbek teatr san'atining ulkan namoyandalari qatoridan mustahkam o‘rin oldi.

G‘ani A'zamov talqinida gavdalantirilgan Uyg‘un va Izzat Sultonning «Alisher Navoiy» dramasidagi Munajjim, Tuyg‘unning «Chin muhabbat»idagi Arslonsher, Ramz Bobojonning «Tog‘a-jiyan»laridagi Soqi Sumbat, Abdulla Qahhorning «So‘nggi nusxalar»idagi Yusuf, Nikolay Gogolning «Revizor»idagi Bobchinskiy, Vilyam Shekspirning «Veronalik ikki yigit»idagi Launs kabi obrazlar bir-biridan go‘zal, bir-biridan puxta obrazlar bo‘lib haqiqiy aktyorlik san'atining asl namunalaridir.

San'atkor ijodida shunday obrazlar borki, ular hayotiyligi, ishontirish kuchining zo‘rligi va katta jozibasi bilan butun spektaklning mazmunini tashkil etadiki, bu obrazlarsiz o‘sha sahna asarini tasavvur etib bo‘lmaydi. Go‘yo ular faqat iste'dodli aktyor G‘ani A'zamov uchun yozilgandek tuyuladi.

Haqiqatan ham G‘ani A'zamovning Qamarisiz Oybekning «Qutlug‘ qon» asarini, Omonyorisiz Sarvar Azimovning «Qonli sarob» asarini, Mo‘minisiz Erkin Vohidovning «Oltin devor» komediyasini tasavvur etish qiyin. Ayniqsa, Mo‘min obrazi aktyorni teatr san'atining yuqori cho‘qqisiga olib chiqdi.

G‘ani A'zamov hajviy, dramatik va lirik rollarning mohir ijrochisi. Bu jihatdan Hamzaning «Boy ila xizmatchi»sidagi Domla imom obrazi uning ijodida yorqin sahifa ochdi. U teatr sahnalarida yorqin obrazlar yaratish bilan birga, 1935 yildan boshlab kinoda ham suratga tusha boshladi va «O‘zbekfilm» kinostudiyasida dunyoga kelgan qator kinofilmlarda esda qolarli obrazlar yaratdi.

«Boy ila xizmatchidagi Domla imom, «Qutlug‘ qon»dagi Kuyov, «Abu Ali ibn Sino»dagi Kutubxonachi, «Maftuningman»dagi Sartarosh, «Ikki dil dostoni»dagi Qorashoh, «Toshkent non shahrida»gi Oqsoqol, «Qari ustaning vasiyati»dagi Yusuf, «Senga shahrimni tuhfa etaman»dagi Dorboz, «Suyunchi»dagi Xolmat kabi qator obrazlar shular jumlasidan bo‘lib, bu obrazlar o‘zining to‘laqonligi va yorqinliligi bilan kino san'ati muxlislarini o‘ziga maftun etib kelmoqda.

Aktyor «Nashtar» hajviy kinojurnali tashkil etilgandan so‘ng, uzoq yillar davomida Xo‘ja Nasriddin obrazini ijro etdi. Katta iste'dod sohibi G‘ani A'zamovning o‘zbek teatri va kino san'ati ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari munosib taqdirlandi. 1961 yilda unga «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni berilib, bir necha orden va medallar bilan mukofotlandi.

Kinodagirollari

1991 – Birinchio’pich (qisqametrajli)
1990 - Mo’jizaayol
1982 – GeneralXolmatningbuvisi
1978-1984 – Olovliyo’llar– mulla
1978 – Shoiryuragi | Film 1 (1-4 seriya)
1979 – Haqiqatniizlab| Film 2 (5-8 seriya)
1984 – MeningRespublikam | Film 5 (15-17 seriya)
1978 – Sengashahrnihadyaetaman
1978 – Oshpazvaqo’shiqchi
1975 – Xolvata’mi: epizod
1974 – Yo’lbarskerak
1974 – AbuRayxonBeruniy
1973 – Meningmehribonim
1973 – UchrashuvvaAyriliq: epizod
1972 – Semurg’ : epizod
1972 – Buyaxshiyigit.
1971 – Sevgidrammasi :: epizod
1969 – Qariustaningvasiyati
1969 – Merosxo’r
1969 - Sevishganlar
1967 – Toshkent– nonshahri
1966 - Ikkiyurakqissasi
1964 – QayerdasanZulfiyam?1960 – Mahallada duv-duv gap
1958 - Maftuningman
1956 – Muqaddas qon
1956 – Ibn Sino
1953 – Boy ila xizmatchi

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit