Azimov Sodiq Azimovich


815

Tug‘ilgan sana: 1914 Noyabr 7
Vafot etgan sana: 1988 Dekabr 21
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Fiziklar

Azimov Sodiq Azimovich (1914.7.11 — Toshkent — 1988.21.12) — fizik olim, O‘zbekiston FA akad. (1962), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1964), fizika-matematika fanlari d-ri (1955), prof. (1958). 

  • O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1940). 
  • O‘rta Osiyo politexnika institutida ishlagan (1940—45), 
  • O‘zbekiston FA Fizika-texnika instituti laboratoriya mudiri (1948—56), direktor o‘rinbosari (1956-58), direktori (1958-62; 1966-88), 
  • O‘zbekiston FA Yadro 217 fizikasi instituti direktori (1962—66), 
  • "Fizika — Quyosh" IICHB bosh direktori (1986-88). 

O‘zbekiston yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi, yarimo‘tkazgichlar fizikasi va yuqori temperaturali geliomaterialshunoslikka asos solgan va bu sohalarni rivojlantirgan olimlardan biri. Azimov Sodiq o‘zi ishlab chiqqan usul yordamida kosmik nurlar tarkibida mezonlarga daxlsiz elektron va fotonlar mavjudligini isbotladi (1948). Pomir tog‘i tepasidagi stantsiyada (dengiz sathidan 3900 m bal.) o‘z xodimlari bilan birgalikda kosmik nurlar va yadrolarning o‘zaro ta’sirini o‘rganish borasida olib borgan ilmiy izlanishlar elektron-yadro oqimlarini kashf etish imkonini berdi. Azimov Sodiq elektron-yadro jalalarini va yadro zarrachalari singishni tadqiq etgan. U o‘ta yuqori energiyali 1012— 1013 ev) yadro jarayonlari o‘rganiladigan tog‘ st-yasi qurilishini tashkil etdi. 

Azimov Sodiq rahbarligida O‘zbekiston FA fizika-texnika institutida quyosh nuri energiyasidan foydalanish usuli asosida o‘ta sof yarimo‘tkazgich materiallar olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqildi hamda 1987 yilda Parkent tumanida 1 megavatt quvvatga ega kontsentratori bor noyob quyosh pechi barpo etildi. Azimov Sodiq yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi va yuqori temperaturali geliomaterialshunoslik ilmiy maktablariga asos soldi. U 14 fan doktori va 70 dan ziyod fan nomzodini tarbiyalab, yetishtirdi. Ular hozir ham "Fizika-Quyosh" IICHB da, O‘zbekiston FA Yadro fizikasi institutida va O‘zbekiston mil-liy universitetida xalqaro darajadagi ilmiy va amaliy tadqiqotlarni faol davom ettirmoqdalar.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit