Azizov Turgʻun Tursunovich


1338

Tug‘ilgan sana: 1934 Noyabr 30
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Aktyorlar, Rejissyorlar

Azizov Turg‘un Tursonovich 1934 yil 30 noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Sobiq Sovet o‘zbek aktyori, rejessyor, O‘zbekiston Xalq artisti, O‘zbek SSR Davlat mukofoti sovrindori.

Tarjimai holi

Turg‘un Azizov 1934 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1953 yili o‘rta maktabni tugatib, A.N.Ostrovsk nomidagiToshkent davlat badiiy-teatr instituti drama va kino fakultetiga o‘qishga kirgan. U talabalik yillaridayoq Shillerning “Sevgi va makkorlik” pessasida Firnand rolini ijro etgan. Keyinchalik u ustozi Toshxodja Xodjayev taklifiga binoan Xamza nomidagi O‘zbekiston milliy akademik teatriga ishga kiradi va bu maskanda 50 yildirki faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, Turgun Azizov 1980 yildan boshlab O‘zbekiston madaniyat institutida talabalarga san’at sirlarini o‘rgatib kelmoqda

Har bir aktyor o‘zining cho‘qqisiga ega bo‘ladi. Turgun Azizovning chuqqisidagi aktyorlar Abror Xidoyatov va Shukur Burxonovlar bo‘lgan.

Turg‘un Azizov bolalik yillaridayoq teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishi yuqori bo‘lgan. U qobiliyatli rejessyor Toshxodja Xodjayev qo‘l ostida iste’dodini charxlagan bo‘lsa, Abror Xidoyatov, Shukur Burxanov, Sayfi Olimov, Sagdi Tabibullayev, Olim Xodjayev, G‘ani A’zamov, Nabi Raximov, Sora Eshanturayeva, Zaynab Sadriyeva, Zamira Xidoyatova kabi xalq ardog‘idagi aktyorlar bilan birga ishlash uning mashhurlik pillapoyalariga ko‘tarilishida zamin bo‘lgan.

Turg‘un Azizov kinosanoat sohasida ham ko‘p mehnat qilgan. U o‘ttizdan ortiq filmlarda rol ijro etgan. Uni birinchi bo‘lib, 1955-1956 yillarda Latif Fayziyev kinoga taklif qiladi, 1956 yildan esa dublyajlarda faol ishtirok eta boshlaydi. Turg‘un Azizov kino sohasida qator mashhur rejessyorlar, jumladan, Yu. Agzamov, K. Yormatov, Sh. Abbasov, D. Salimov, A. Xamroyevlar bilan faoliyat yuritgan. Keyinchalik o‘zi ham rejissyorlik bilan shug‘ullangan va o‘zbek xalq mashhur spektakli “Chimildiq”ni sahnalashtirgan.

“1960 yillar Moskavada o‘tkazilgan O‘zbekiston madaniyat kunlari tadbirlarida qatnashgan paytlarim, shahar do‘konlariga bordim” - deydi Turg‘un Azizov. - Qarasam, do‘konda navbat ko‘p ekan, shunda men bu yerda kim oxirgi deb so‘raganimda, bir yishit menga qarab: “- Siz aktyorsiz-a “Maftuningman” filmida rol etgansiz-a” dedi...

“Ona shahrim Toshkentda esa, meni Otella obrazida ko‘pchilik taniydi.” - deydi Turg‘un Azizov.

Turg‘un Azizov ko‘plab taniqli insonlarga ustozlik qilgan:

  • Mirzabek Xolmedov - o‘zbek estrada komedik aktyori, qiziqchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
  • Madina Muxtarova —aktrisa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
  • Abduraim Abduvaxobov — kino va teatr aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
  • Bekzod Muxammadkarimov — aktyor.
  • Ravshan Djurayev - aktyor.

Teatr sahnalaridagi ishlari

  • “Sevgi va makkorlik” F.Shiller - Ferdinand
  • “Vanya amaki” A.P.Chexova - Vanya Amaki
  • “Boy ila xizmatchi” Xamza - G‘ofur
  • “Qutlug‘ qon” Oybek - Yo‘lchi
  • “Qizil durrachali sarvqomatim” Ch. Aytmatov - Ilyos
  • “Shon-sharaf” A. Shirvanzade — Sayram
  • “Noma’ulm” I. Sultan — Niyoz
  • “Monserra” E. Roblesa — Monserra
  • “O‘g‘irlangan hayot” Morimoto Kaoru — Eydzi
  • “Tirik murda” L. Tolstog — Protasov
  • “Qirol Lir” Shekspir - Edmund
  • “Otello” Shekspir - Otello
  • “Mirzo Ulug‘bek” Sheyxzoda - Mirzo Ulug‘bek
  • “Revizor” N.Gogol - Gorodnichiy
  • “Inqilobning boshlanishi” K.Yashin - Amir Olimxon
  • “Alisher Navoi” I. Sultan va Uyg‘un — Husayn Boyqaro

Rejissyorlik ishlari

  • “Mehrobdan chiqqan chayon” - Abdulla Qodiriy
  • “Chimildiq” - Erkin Xushvaqtov
  • “Mashrab” — Erkin Xushvaqtov
  • “Okeanda yetti qichqiriq” — Alexandro Kasona

Filmlardagi rollari

  • “Maftuningman” Yu.A’zamov - Bakir Nazarov
  • “Odamlar orasida yolg‘iz” K.Yormatov - Amir Nasrullo

Unvonlari

  • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1967)
  • O‘zbekiston Xalq artisti (1974)
  • Xamza nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofoti lauriyati (1977)
  • Mehnat shuhrati ordeni (2001)
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit