Babanina Svetlana Viktorovna


2370

Tug‘ilgan sana: 1943 Fevral 4
Tug‘ilgan joyi: Tambov
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Svetlana Viktorovna Babanina — suvda suzish bo‘yicha jahon rekordchisi, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi (1964). 1954 yildan O‘zbekistonda yashaydi.

Uch marta mamlakat chempionligi oltin medali bilan taqdirlangan (1962, 1963, 1964). Spartakiada g‘olibi (1963). Jahon universiadasining ikki oltin, ikki kumush va bir bronza medaliga sazovor bo‘lgan (1965, Vengriya). 4x100 m estafeta suzishida Yevropa chempioni (1966).

Tokio olimpiadasida ikki marta bronza medali bilan mukofotlangan (1964). 100 m ga brass usulida suzish bo‘yicha ikki marta jahon rekordini o‘rnatgan (1964, 1965). 1995 y dan respublika olimpiada rezervlari bilim yurtining murabbiysi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit