Babayan Samvel Vyacheslavovich


1556

Tug‘ilgan sana: 1971 May 19
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Samvel Babayan Vyacheslavovich (o‘zb. Samvel Babayan, arm. Սամվել Բաբայան; 1971 yil 19 may) — arman millatiga mansub sovet va o‘zbekiston futbolchisi. U ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoa bosh murabbiyi.

Tarjimai hol va martaba

Samvel Babayan 1971 yil 19 mayda Toshkent shahrida tavallud topdi. U "murabbiy" mutaxassisligi bo‘yicha Toshkent Davlat jismoniy tarbiya institutini a’lo baholar bilan yakunladi.

O‘zbekiston chempionatida turli jamoalar sharafi uchun to‘p surdi va futbolchi sifatida o‘z faoliyatini erta to‘xtatdi.
1993 yil u Toshkent viloyatidagi "Politotdel" futbol jamoasi ma’muri etib tayinlandi.

1996 yil "Navbahorda" bosh murabbiy Viktor Jalilov yordamchisi bo‘lib, O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
2001 yilda Babayanni O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruvchisi sifatida ishlashga taklif etishdi va keyingi yili u Toshkentning "Paxtakor" vitse-prezidenti bo‘ldi.

2014 yil bosh murabbiy lavozimi bekor etilgandan so‘ng Babayan "Paxtakor"ning bosh boshqaruvchisi bo‘ldi. Shu yilning o‘zida, "Paxtakor" chempionatda oltin medallarni qo‘lga kiritdi, Babayan esa yil oxirida O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi.

2015 yil 23 iyunda Mirjalol Qosimov iste’foga chiqqanidan so‘ng, Babayan O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi murabbiyi etib tayinlandi.

2015 yil 27 noyabrda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Uning rahbarligi ostida yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatsiz qatnashishdi va Rio-De-Janeyro shahrida 2016 yil bo‘lib o‘tadigan yozgi olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritisha olmadi. Natijada olimpiya terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi va bor e’tiborini O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qaratdi.

Ona arman tilidan tashqari rus va o‘zbek tillarida ravon so‘zlasha oladi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit