Babayev Qurbon Latipovich


746

Tug‘ilgan sana: 1910 Dekabr 26
Vafot etgan sana: 2000 Avgust 5
Tug‘ilgan joyi: Akmolinsk
Yo‘nalishlar: Geologlar

Qurbon Latipovich Babayev 1910 yil 26 dekabr kuni Akmolinskda tug‘ilgan va 2000 yil 5 avgust kuni Toshkent shahrida vafot etgan — geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor, Geologiya vazirligihuzuridagi Geologiya va mineral resurslar Markaziy Osiyo ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston FA geologiya instituti direktori.

Tarjimai xol

Qurbon Latipovich Babayev Qurbon Latipovich Babayev 1910 yil 26 dekabr kuni Akmolinskda ishchilar oilasida tug‘ilgan. Tugallanmagan o‘rta ma’lumotni u ona shahrida olgan, o‘sha yerda pedagogik yo‘nalishdagi maktab-internatda o‘qigan. 

1929 yil K. L. Babayev Toshkent shahriga keladi va Markaziy Osiyo sanoat instituti ishchi fakultetiga topshiradi, keyin shu institutning konchilik fakultetiga talabalikka olinadi. Talaba bo‘la turib, T. N. Qari-Niyazovning tavsiyasiga binoan u O‘rta Osiyo davlat universitetining geologiya yo‘nalishidagi fizika-matematika fakultetining milliy guruhida matematikadan dars beradi. 

Talabalik yillarida Uchimchakda geologiya razvedka partiyasi kollektori, prorabi, keyin esa boshliq o‘rinbosari, «TSvetmetrazvedka» O‘rta Osiyo tresti boshqaruvchi o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi. Shu bois 1933 yil akademik A. Ye. Fersman Tojik-Pomir ekspeditsiya tarkibida Toshkent shahriga kelganda, u Chotqol tog‘larini paydo bo‘lgan joylarini ko‘rsatuvchilar tarkibidan joy olgan. Mazkur uchrashuv ustoz-shogirdning keyingi munosabatlariga sabab bo‘ldi, so‘nggi uchrashuv esa 1940 yil Frunze shahrida (Bishkek) bo‘lib o‘tgan — K. L. Babayev O‘rta Osiyodagi yagona bo‘lmish kobalt konining kelib chiqishi haqidagi ma’ruzasi vaqtida hamdaOq-tuz yodgorliklarining kelib chiqishi haqidagi taqdimoti mobaynida A. Ye. Fersmen bilan birga yurgan.

1936 yil K. L. Babayev Markaziy Osiyo sanoat institutini bitirgach, «Tsvetmetrazvedka» tresti O‘rta Osiyo bo‘limiga ishga yuboriladi. 1938 yildan boshlab K. L. Babayev o‘zbek va qirg‘iz geologik boshqarmasining geologik qidiruv va geologorazvedka partiyasi boshlig‘i va bosh geologi bo‘lib ishlaydi. Ushbu davr mobaynida u volfram, kobalt, tilla va boshqa qazilmalarning kelib chiqish joylarida qidiruvlar va razvedka ishlarini olib boradi.

1942 yil K. L. Babayev Ikkinchi Jahon urushi frontiga yuboriladi va 5-alohida gvardiya sapyor bataloni tarkibida xizmat qiladi. Kontuziya sababli 1943 yil urushdan chetlashtiriladi. Shu yilning o‘zida Meliksu koni bosh geologi etib tayinlanadi (gap qolib ketgan). K. L. Babayevning Ikkinchi Jahon urushidagi fidokorona mehnati hukumat tomonidan yuqori baholandi va topilmalar, volfram koni topilmalari razvedkasi hamda kontsentrat topilmasining ko‘payishi kabi sohalarga qo‘shgan katta hissasi uchun O‘zbekiston Oliy Kengashi Rayosati tomonidan fahriy yorliq bilan taqdirlandi. 

1946 yil O‘zbekiston FA geologiya institutiga ishlashga yuborilganda, u katta ilmiy xodim lavozimidan, laboratoriya mudirigacha, ilmiy yo‘nalish direktor o‘rinbosaridan direktor o‘rinbosari lavozimigacha ko‘tariladi. Javobgarligi katta boshliq lavozimida o‘tirib, K. L. Babayev institutning laboratoriyasi, geologik muzeyi, ilmiy xodimlardan tashkil topgan kolllektiv yaratilishi, yirik muammolarning tashkil etilishi va o‘rganib chiqilishi va O‘zbekiston milliy xo‘jaligi rivojida katta o‘rin egallanishi bilan bog‘liq juda katta ishlarni amalga oshirgan.

Uning boshchiligi va bevosita ishtirokida institut tomonidan 1959 yil tumanning mineral resurslari bo‘yicha yirik ma’lumotnoma tayyorlangan. O‘lchami 1:500000 lik, monografik tavsiyalarga ega (70 bosma varaq hajmda) hamda kadastrlik ilovasi bor“Markaziy Osiyo mineral resurslari xaritasi” yaratilgan va nashrdan chiqarilgan.1963 yil SSSR Oliy Attestatsion Komissiyasi K. L. Babayevga professorlik ilmiy unvonini tayinlaydi.

Mukofotlari

1976 yilda u "O‘zbekiston fan arbobi",1981 yil “Sovet ittifoqi yer osti boyliklari fahriy razvedkachisi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. K. L. Babayev “Mehnat Qizil Ordeni”, “Ikkinchi jahon urushi”, “Mehnat uchun”, “Lenin tug‘ilgan kunining 100 yilligi munosabati bilan ko‘rsatgan qahramonlik ishi uchun”, “1941-1945 yillardagi Ikkinchi Jahon urushida Germaniya ustidan g‘alaba uchun”, “Mehnat fahriysi”, “Jasorat”, medallari bilan taqdirlangan. 1995 yil Xalqaro Fanlar Akademiyasi tabiat va jamoat uchun “Rossiya ilm-fan va iqtisodiyot taraqqiyotida xizmatlari uchun” kumush medali taqdirlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit