Badalov Stepan Tigranovich


1192

Tug‘ilgan sana: 1919 Avgust 26
Vafot etgan sana: 2003 yil
Tug‘ilgan joyi: Turkmaniston
Yo‘nalishlar: Kimyogarlar, Geologlar

Badalov Stepan Tigranovich — minerоlog va geokimyogar. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1977). Geologiya va mineralogiya fanlari doktori (1962), professor (1968), O‘rta Osiyo industrial institutini tugatgan.

1946 yildan O‘zbekiston FA Geologiya va geofizika institutida ilmiy xodim, laborotoriya mudiri (1964— 87), yetakchi ilmiy xodim (1987 —96) va bosh ilmiy xodim (1997 yildan). Urush qatnashchisi (1941 — 45).

Badalovning ilmiy ishlari O‘zbekistonda elementlar geokimyosi, ruda hosil qiluvchi tizimlarda elementlarning namoyon bo‘lish xususiyatlarini o‘rganishga hamda reniy va osmiyning provintsiyalarini aniqlashga bag‘ishlangan.

S.T. Badalov 1919 yilning 26 avgustida Chorjou shahrida xizmatkorlar oilasida dunyoga kelgan. Uning yoshligi Kogon va Qo‘qon shaharlarida o‘tgan.
U Toshkent shahrida O‘rta osiyo industrial institu tog‘ fakultetining “Geologiya va mineral konlarini o‘rganish” mutaxassisligida o‘qigan.
Ikkinchi jahon urishi yillarida sobiq sovet qo‘shinlari tarkibida xizmat qilgan. U ikkinchi jahon urishining II darajali ordeni va 4 medali sohibi bo‘lgan.
Urushdan so‘ng 1946 yili Geologiya institutining aspirantura bo‘limiga o‘qishga kirdi. 1950 yili “Temir-Kabukida(Nurota tog‘larining shimoliy tizmasi)” uran-vanadiy topilmalari mineralogiyasi” nomli nomzodlik dissertatsiyasini O‘zbekiston fanlari akademiyasining a’zosi A.S.Uklonskiy rahbarligida himoya qilgan.
Keyinchalik Stepan Tigranovich O‘zFA qoshida geokimyoviy davrlarini va jarayonlari – “IgiG” nomli laboratoriyasini tashkil qilib, 20 yil davomida mazkur laboratoriyaga rahbarlik qilgan. U rudalarning mineralogiyasi, rudalarning o‘zgarishlari, Olmaliq tog‘ metallurgiya tumanining kam va ko‘p uchraydigan geokimyoviy elementlarini tadqiq qilish bilan shug‘ullangan.
Bu izlanishlarning samarasi ularoq “Olmaliq tog‘ metallurgiya tumanining rudaning minerologiya, geokimyoviy va genetik asoslari ” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yozdi. Bu dissertatsiyani u 1962 yilda himoya qildi, 1965 yili u monografiya ko‘rinishida nashr etildi. Bu monografiya juda ommabop hisoblangan. Bu tumanda o‘zining shogirdlari bilan 50 dan ortiq fanga noma’lum minerallarni aniqlangan. Bularning ayrimlari yangi(berunit), turli ko‘rinishlar(berilliyevli allofan va tarkibida sinki bo‘lgan serpentin) va boshqalar(ayovait) qaysiki SSSRda davrida birinchilardan kashf etilgan.
Tizimli yondashuvdan kelib chiqib u muayyan tabiiy tizimlardagi barcha giyokimyoviy xossalarni(siderofillik, litofillik, xalkofillik, biofillik, neytralilik va b.) o‘zida mujassamlashtirgan klasifikatsiyani taklif qildi.
U birinchi bo‘lib protoizotoplar to‘g‘risida tushinchani kiritgan.
S.T.Badalov mineralogiyaning va geoximiyaning amaliy yo‘nalishiga katta e’tibor qaratib, ayniqsa tabiiy resurslardan foydalanishning kompleks muammosiga qattiq yondashgan. 1971 yili Stepan Tigranovich kam uchraydigan elementlarni kashf qilgani uchun “Kon kashshofi” (“Pervootkrыvatel mestorojdeniya”) diplomi bilan taqdirlangan. U tomonidan ochilgan mazkur elementlar Olmaliq tog‘ konlarining amaliy qiymatiga ega xisoblanadi. Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinati ishlab chiqarishda uning tavsiyaga asoslanadi.
U 400 dan ortiq ilmiy ishlar va 4 ta monografiyalar muallifi, shuningdek, 44 ta “Minerologlar umumittifoqining O‘zbekistondagi bo‘limi qoralamalari” jurnalining tahrirchisi hisoblanadi.
Uning qo‘l ostida 4 ta doktorlik va 38 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Professor S.T. Badalov uzoq yillar mobaynida “Geoximiyadan” ToshDUda(hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) ma’ruza o‘qigan.
Unda harbiy unvonlar hamda “Mehnatdagi jasurligi uchun”, “Jasur mehnati uchun” medali , shuningdek, u “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ilmiy arbob” unvon hamda Tog‘ rudalari xom ashyo bazasini yaratishda qatnashgani uchun unga 1988 yili Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1992 yil u RFA qoshidagi Rossiya minerologlar uyushmasining faxriy a’zosi buldi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit