Baqoyev Ulug‘bek Istamovich


795

Tug‘ilgan sana: 1978 Noyabr 28
Tug‘ilgan joyi: Buxoro
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Baqoyev Ulug‘bek Istamovich (1978 yilning 28 noyabrida tavallud topgan, Buxoro, O‘zbekiston) — o‘zbek futbolchisi, hujumchi. O‘zbekiston (2008) va Qozog'iston chempioni (2010).

Klubdagi faoliyati

“Buxoro” bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Kasbiy faoliyatini 1996 yilda “Buxoro” klubida boshladi.

2001 yilda Rossiyaga borib , Moskva SSKA, “Torpedo-ZIL” va Nijnekamenskni “Nefteximik” klublarida faoliyat yuritgan.

2008-2009 yillarda Baqoyev Toshkentning “Quruvchi” sida (“Bunyodkor”) o‘yinga tushdi. 15 o‘yinda 8 gol muallifiga aylangan holda, klub bilan birgalikda O‘zbekiston chempioniga aylandi. 2009 yilgi mavsumda braziliyalik trener Ziko rahbarligida asosiy tarkibda kuchli raqobat sezilgan (braziliyalik Rivaldo va chililik Xose Luis Vilyanueva, o‘zbek termachilari Sarvar Jeparov va Anvar Soliyev) va Baqoyev atigi 5 matchda ishtirok etdi, bironta ham gol urmadi. O‘yin amaliyoti yetishmaganligi sababli mavsum oralig‘ida Samarqandning “Dinamo”siga o‘tib ketdi, keyin esa “Tobol”ga qaytdi.

2014 yilning avgustida 36 yoshlik Baqoyev O‘zbekistonga qaytdi va “Buxoro”da 9 matchda uchta gol urgan holda mavsumni yakunladi. 2015 yilning keyingi mavsumini esa Namanganning “Navbahor”ida 21 matchda 7 gol urib 11 sariq kartochka olgan holda o‘tkazdi.

Terma jamoada

Baqoyev 2001 yildan O‘zbekiston terma jamoasida o‘yinga chiqdi. 2007 yilda terma jamoada o‘n ikki matchda ishtrok etdi. 2011 yilda Osiyo kubokida Iordaniya terma jamoasining darvozasiga ikki to‘pni kiritdi.

Yutuqlari

  • Intertoto kubokining sovrindori: 2007
  • O‘zbekiston Chempioni: 2008
  • O‘zbekiston kubokining sohibi: 2008
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit