Benkov Pavel Petrovich


1717

Tug‘ilgan sana: 1879 Dekabr 20
Vafot etgan sana: 1949 Yanvar 16
Tug‘ilgan joyi: Qozon
Yo‘nalishlar: Rassomlar

Benkov Pavel Petrovich [1879.8(20).12, Qozon1949.16.1, Samarqand] - rassom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi (1939).

Qozon Badiiy bilim yurtida (1896-1902), Peterburg Badiy Akademiyada (1901-06, D. N. Kardovskiydan), Parijda rassom R. Jyulianning xususiy akademiyasida (1906) ta'lim olgan. Italiya, Ispaniya, Fransiyaga safar qilgan. «Kovalevskiy bolalarining portreti», «Rassom ayol portreti» va boshqalar asarlar, Qozon Katta teatrinin «Ruslan va Lyudmila», «Karmen», «Aida» kabi mumtoz operalari, «Oliya Bonu». «Tohir va Zuhra» kabn spektakllariga dekoratsiya chizgilari yaratdi (1913-28). 1929 yildan Samarqandda.

1930 yildan Samarqand Badiny bilim yurtida o‘qituvchi. Asarlarida, ayniksa, 30-ylar o‘rtalarida yaratgan mavzuli mujassamotlarida O‘zbekistonni, uning qadimiy shaharlari qiyofasi, o‘ziga xos iqlimi, serkuyoshliligini, o‘zbek millati madaniyatini, kishilarini yorqin bo‘yoqlarda gavdalantirdi («Buxoro timi», 1929; «Xivalik qiz», 1931; «Dugonalar», 1940; «Qahramonning onasi», 1942; «Jangchiga sovg‘a», 1945; «Dutorchi qiz», 1947).

«Buxoroda oshxona» (1929), «Eski Buxoro» (1931), «Minorai kalon» (30-y.lar), «Ko‘cha» (1943), «Registondagi choyxona» (1944) asarlari O‘zbekistonning mumtoz me'moriy obidalari va manzaralariga bag‘ishlangan. Portretlar, Samarqandning kucha va bog‘lari, bozor va hovlilari, maydon va choyxonalari, ulardagi hayotning o‘ziga xos go‘zalligini yorqin va hayotiy ifodalovchi asarlar ham yaratgan.

O‘zbekistonda tasviriy san'atni shakllantirishda, milliy kadrlar yetishtirishda xizmati katta. 1949-97 yillarda Respublika rassomlik bilim yurti Benkov nomi bilan atalgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit