Bobonazarova Marinika Maratovna


664

Tug‘ilgan sana: 1955 Sentyabr 7
Tug‘ilgan joyi: Qoraqalpog‘iston
Yo‘nalishlar: Filolog

Bobonazarova Marinika Maratovna (asli qizlik familiyasi Nurmuxamedova, 1955 yil 7 sentyabr) — sovet va o‘zbek muzey ishchisi, san’atshunos. I.V.Savitskiy nomidagi Nukus davlat san’at muzeyi direktori (1984-2015 yilgacha). Marinika Bobonazarova rahbarligi davrida muzey olamga mashhur bo‘ldi va "Sahrodagi Luvr" majoziy nomini oldi - xorijliklar uchun kutilmagan maskandagi rus avangardi noyob (dunyoda ikkinchi) kollektsiyasi uchun.

Tarjimai hol
Marinika Nurmuxamedova 1955 yil 7 sentyabrda tug‘ilgan bo‘lib, filolog olim, birinchi qoraqalpoq - O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, yirik partiya yetakchisi Marat Nurmuxamedovlar oilasida dunyoga kelgan

Toshkent davlat universitetining roman-german filologiyasi fakultetining “Ingliz filologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha tamomladi. Sirtdan esa A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va san’atshunoslik institutining “san’atshunos” yo‘nalishini bitirib chiqdi. Uning diplom mavzusi: Igor Savitskiy — musavvir, san’atshunos, muzey yaratuvchisi.

1977-1983 yillarda Nukus davlat universitetida ingliz tili bo‘yicha o‘qituvchi bo‘lib ishladi.1983-1984 yillarda Nukusdagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida (hozirgi I. V. Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi) ilmiy kotib va bosh qo‘riqlovchi vazifasida faoliyat yuritdi.

1984 yildan 2015 yil sentyabrga qadar—Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi direktori. Otasining do‘sti Igor Savitskiy muzey asoschisi o‘limidan so‘ng muzeyni boshqardi. Marinika Bobonazarova rahbarligi davrida muzey olamga mashhur bo‘ldi va "Sahrodagi Luvr" majoziy nomini oldi - xorijliklar uchun kutilmagan maskandagi rus avangardi noyob(dunyoda ikkinchi) kollektsiyasi uchun.

Faoliyati

Luvr qo‘riqlovchisi (1998), AQSh (1993), Frantsiya (1998), Britaniya muzeyi (2000), Avstriya (2002), Shvetsiya (1999,2003), Gollandiyada (2007) muzey ishlarini o‘rganadi.

1998 yildan-2015 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi a’zosi bo‘lgan.
U rus tili, ingliz tili va frantsuz tillarini mukammal o‘zlashtirgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit